Telegram asoschisi barcha iPhone egalarini tashvishlantiruvchi yettita sababni aytdi

  •   DiMaX
  •  2567
  •  29.07.2020 14:52

Telegram asoschisi barcha iPhone egalarini tashvishlantiruvchi yettita sababni aytdi

Pavel Durov avvalroq Kremniy vodiysiga ko‘chmaslik uchun 7 sababni sanab o‘tgan edi. Yaqinda esa u Apple va Google’ni jiddiy ayblab, ularning gegemonligini to‘xtatish yo‘lini ko‘rsatgan.

O‘QING: Telegram asoschisi «ko‘pga tushdi»: AQSh hukumatiga $18,5 million, investorlarga esa naq $1,244 mlrd. to‘lashi kerak!

Endi esa Telegram asoschisi o‘zining rasmiy kanalida Apple'ning ilovalar do‘konidagi komissiya tufayli «har bir iPhone egasi tashvishlanishi» kerak bo‘lgan yettita sababni sanab o‘tdi. Pavel Durovning fikricha, kompaniyaning ishlab chiqaruvchilar uchun qo‘llayotgan narx siyosati tufayli uning smartfonlari egalari:

  1. Barcha ilovalar va raqamli xaridlar uchun qo‘shimcha to‘lashmoqda

«Apple smartfon sotayotganida tannarxidan bir necha yuz dollar ko‘proqqa sotishiga qaramay, siz App Store'dan olayotgan har bir ilovangiz uchun qo‘shimcha haq to‘lashingiz kerak. Boshqacha aytganda, siz to‘lab bo‘lgan narsangiz uchun to‘lashni davom ettirasiz», – deb yozadi Durov.

  1. Ayrim dasturchilar tayyorlagan kontentlar ko‘rinmaydi (senzura)

Telegram asoschisining so‘zlariga ko‘ra, Apple 30 foizlik «soliq» olish uchun kompaniyaga kerak bo‘lgan to‘liq nazoratni amalga oshiradi, ilovalarni senzuralaydi. Durovning so‘zlariga ko‘ra, dasturchilarga iPhone egalariga ayrim kontentlar aynan Apple'ning so‘roviga binoan yashiringanligini aytib berish taqiqlangan.

  1. Xavfsizlikning yo‘qligi

App Store'dan birorta ilova yuklab olish uchun, avvalo Apple'da hisob ochish va uni yuritish kerak. Shundan keyin yuklab olayotgan har bir ilovangiz va hatto bildirishnomalargacha Apple harakatlaringizdan boxabar bo‘ladi, deb ta’kidlaydi Durov. Aynan «30% lik soliq» ichida sizning xavfsizligingiz ham sotiladi, qo‘shimcha qiladi u.

O‘QING: IIV ogohlantiradi: Telegram’da tarqalayotgan virusli dasturdan ehtiyot bo‘ling!

  1. Ilovalar yangilanishi sekinlashmoqda

Durov ta’kidlaganidek, Apple kompaniyasining siyosati tufayli dasturlar yangi versiyasini chiqqandan bir necha kun yoki hafta o‘tgach yangilanadi. Durov bunda Apple'ning moderatorlarini ayblaydi, ular «hech qanday sababsiz» yangilanishlarni tasdiqlashni keyinga qoldirgan. «Milliardlab ilovalardan olinayotgan komissiyalari bilan» kompaniya qo‘shimcha moderatorlarni yollashi mumkin, deydi Telegram asoschisi.

  1. Ilovalar xilma-xilligi cheklanmoqda

Ilovalar yaratuvchilari Apple'ga QQS to‘lashga sarflayotgan pulini qo‘shimcha maoshlarga, dasturiy ta’minotni, ishlab chiqarishni va marketingni yaxshilashga sarflashlari mumkin. Durov, «soliqsiz» ko‘plab kompaniyalarning ilovalari daromadliroq bo‘lishi mumkin deb hisoblaydi. Hozirda bularning aksariyati «30%» tufayli bankrotlikka yuz tutmoqda.

  1. Ko‘proq reklama ko‘rishmoqda

Ko‘plab ilova yaratuvchilar xarajatlarni qoplash uchun foydalanuvchilarga reklamalarni taqdim etishlari kerak. «Apple kompaniyasining siyosati butun Internet industriyani iqtisodiy jihatdan shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish nuqtai nazaridan maqbul bo‘lgan boshqa biznes modellaridan foydalanish o‘rniga ma’lumotlarni va foydalanuvchilar e’tiborini sotishga majbur qilmoqda», - deya shikoyat qiladi Durov.

  1. Sifatsiz ilovalar yuklab olishmoqda

Ishlab chiquvchilar Apple kompaniyasining komissiyasini to‘lashga sarflagan pullari mashhur ilovalarni (reklamalardan) tozalashga sarflanishi mumkin, deb hisoblaydi Telegram asoschisi. «Bugungi kunda bu milliardlar Apple kompaniyasining offshor hisoblarida chang to‘playdi va insoniyatga foyda keltirmaydi. Bu pulni bergan ilova mualliflari o‘zlarining ishlanmalarini yaxshilash uchun manbalarni topishga harakat qilmoqdalar», natijada iPhone egalari past sifatli xizmatlardan foydalanishadi, degan xulosaga keladi Durov.

O‘QING: Telegram 6.3 talqinida chiqdi: yangilanishlar bilan tanishamiz!

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!