Telegram asoschisi: «Bu servis endi rasman sizlarni kuzatish jihoziga aylangan!»

  •   DiMaX
  •  8082
  •  22.01.2020 12:21

Telegram asoschisi: «Bu servis endi rasman sizlarni kuzatish jihoziga aylangan!»

Apple qurilmalarida foydalanuvchilarning shaxsiy ma’lumotlari shifrlangan holda saqlanadi. Biroq ularning iCloud servisida saqlanayotgan ma’lumotlarni Apple shifrlamay kelayotgani kuni kecha ma’lum bo‘ldi.

O‘QING: Video: politsiya o‘zining xakerlik qilayotganini ko‘rsatib maqtandi!

Xabarlarga ko‘ra, kupertinolik gigant bu ishga AQSh Federal qidiruv byurosining qistovi bilan majbur bo‘lgan, ammo jamoatchilikka aytmay kelayotgan ekan. Shu munosabat bilan Telegram asoschisi Pavel Durov shu munosabat bilan iCloud’ni kishilarni kuzatishning rasmiy jihoziga aylanganini aytdi:

«Endi iCloud rasman kishilarni kuzatuv jihozidir. Sizning shaxsiy xabarlaringizni saqlash uchun undan foydalanadigan (WhatsApp singari) ilovalar ham ushbu muammoning bir qismidir», – deydi Durov.

Ta’kidlash kerakki, Telegram asoschisi avval ham WhatsApp hech qachon xavfsiz bo‘la olmasligini aytgan va sababini tushuntirgan.

O‘QING: Smartfoningizdagi 19 ta xavfli ilova: Facebook, Messenger, Shareit...

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!