Telegram asoschisi haqida film tayyor – treylerini tomosha qilamiz!

  •   DiMaX
  •  1109
  •  23.04.2021 10:57

Telegram asoschisi haqida film tayyor – treylerini tomosha qilamiz!

O‘zbekistonda eng ommalashgan messenjer – Telegram asoschisi Pavel Durov shaxsi, uning turmush tarzi, muvaffaqiyat qoidalari ham ko‘pchilikka qiziq. Biz uning sog‘lom bo‘lish va yosh ko‘rinish sirlari, qanday qilib Rossiyaning eng boy odamiga aylangani, Apple’ning yettita yolg‘onini fosh etgani, fikrlash va ish samaradorligiga olib keluvchi hayotiy tamoyillari haqida qator maqola va xabarlar e’lon qilganmiz.

O‘QING: 35 yashar, ko‘rinishidan modellarga o‘xshaydigan Telegram asoschisi — Pavel Durov haqida 10 fakt

Rossiyadagi MTS uyali aloqa operatori KION nomli onlayn-kinoteatr ishga tushirmoqda va 24 aprel kuni unga «Durov» nomli hujjatli film joylanadi. Kartina jurnalist Rodion Chepel hamda prodyuser Igor Mishin hamkorligida yaratilgan. Film MTS buyurtmasiga ko‘ra «Amurskiye volni» hamda «MTS-Media» kompaniyalari tomonidan suratga olingan.

Anglaganingizdek, filmda «VKontakte» ijtimoiy tarmog‘i va Telegram messenjeri asoschisi haqida hikoya qilinadi; bu – Pavel Durovning ilk kinobiografiyasidir. Kartina bosh qahramonning hamkasblari va do‘stlari hikoyalariga, shuningdek, hujjatli videoxronikaga asoslangan.

Quyida uning rasmiy treylerini ko‘rish mumkin:

Film asoschilariga Durovning o‘zi intervyu bergan yoki bermaganligi hozircha noma’lum. U matbuot bilan juda kam muloqot qiladi, ommaviy chiqishlarini esa faqat o‘z messenjeridagi rasmiy kanali orqali amalga oshiradi.

KION servisidagi premerasi bilan birga, «Durov» filmi Moskva xalqaro kinofestivalining tanlov dasturi doirasida ham namoyish etiladi.

O‘QING: Telegram asoschisi Shavkat Mirziyoyevni eslab o‘tdi

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!