Telegram asoschisi iPhone egalarini «Apple’ning qullari» deb atadi!

  •   DiMaX
  •  1209
  •  21.05.2021 14:55

Telegram asoschisi iPhone egalarini «Apple’ning qullari» deb atadi!

Pavel Durov o‘zining Telegram-kanalida iPhone foydalanuvchining Apple’ga juda ham bog‘lanib qolishi haqida gapirdi. Masalan, ularda ilovalarni faqat App Store’dan yuklab olish mumkinligini ta’kidladi, deb yozadi UZZOOM.

O‘QING: Apple’ning yettita yolg‘onini Pavel Durov fosh etdi va har bir fikrini batafsil asoslab berdi

Shuningdek, Telegram messenjeri muassisi kupertinolik korporpsiya smartfonlarining kamchiliklariga ishora qildi.

«Iphone’ga ega bo‘lish sizni Apple’ning raqamli quliga aylantiradi – sizga faqat Apple o‘zining App Store orqali o‘rnatishga imkon beradigan dasturlardan foydalanishga ruxsat beriladi va siz Apple iCloud’dan faqat ma’lumotlarning zaxira nusxasi uchun foydalanishingiz mumkin», deb yozgan Pavel Durov o‘z kanalida.

Bundan tashqari, Durov iPhone’larni texnik jihatdan orqada deb atadi va ba’zi Android qurilmalarida ishlatiladigan 120 gigagerslik ekranlar bilan raqobatlasha olmaydigan 60 Gs chastotali displeylarni ta’kidlab o‘tdi.

O‘QING: Telegram asoschisi barcha iPhone egalarini tashvishlantiruvchi yettita sababni aytdi

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!