Telegram asoschisi Shavkat Mirziyoyevni eslab o‘tdi

  •   DiMaX
  •  2338
  •  15.01.2021 10:44

Telegram asoschisi Shavkat Mirziyoyevni eslab o‘tdi

Yilning boshidan yanada ommalashib borayotgan messenjer – Telegram asoschisi Pavel Durov o‘zining sahifasida Telegram’da rasmiy kanallariga ega prezidentlar haqida yozdi. Uning ro‘yxatida anchadan beri faoliyat ko‘rsatib kelayotgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning sahifasi ham o‘rin olgan.

O‘QING: Tramp tarafdorlari Telegram orqali zo‘ravonlikka chaqirmoqda

Jumladan, Durov quyidagi so‘zlarni yozib qoldirgan:

«Mening so‘nggi xabarimdan beri Telegram’ga yangi foydalanuvchilarning ulkan oqimi faqat tezlashdi. Biz insoniyat tarixidagi eng katta raqamli migratsiyaga guvoh bo‘lishimiz mumkin.

Ushbu global hodisadan so‘ng, ikkita prezident o‘zlarining Telegram-kanallarini ochdilar:

Braziliya Prezidenti – @jairbolsonarobrasil

Turkiya Prezidenti – @RTErdogan

Ular platformada mavjud bo‘lgan boshqa davlat rahbarlarining ro‘yxatiga qo‘shilishadi:

Meksika Prezidenti – @PresidenteAMLO

Fransiya Prezidenti – @emmanuelmacron

Singapur Bosh vaziri – @leehsienloong

Ukraina Prezidenti – @V_Zelenskiy_official

O‘zbekiston Prezidenti – @shmirziyoyev

Tayvan Prezidenti – @iingtw

Isroil Bosh vaziri – @bnetanyahu

Ma’lumot uchun, bunday tasdiqlangan kanallar odatda, sizning chat ro‘yxatingizda va qidiruv natijalarida ko‘k belgiga ega. Shu orqali prezidentlarning rasmiy sahifalarini tanib olishingiz mumkin».

O‘zbek blogeri Javohirbek Abdullayev shu masala bo‘yicha Durov's Chat guruhida Donald Tramp akkaunti haqiqiyligi haqida so‘ragan. Kanal ma’muriyatining javobiga ko‘ra, AQSh prezidentining akkaunti feyk ekan:

Eslatib o‘tamiz, kuni kecha Telegram’ga «ko‘chib o‘tgan» Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘onning sahifasiga ikki kun ichida 200 mingdan ortiq kishi obuna bo‘ldi.

O‘QING: Telegram'da keshni tozalab, smartfonimiz xotirasini tejaymiz

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!