Telegram asoschisi yangi iPhone'ni tanqid qilib chiqdi

Telegram asoschisi yangi iPhone'ni tanqid qilib chiqdi

Telegram asoschisi Pavel Durov o‘zining Telegram kanalida yangi iPhone'ni va kompaniyani tanqid qilib chiqdi:

«Hozirgina iPhone 12 Pro'ni ishlatib ko‘rdim — qanday qo‘pol qurilma. U xuddi 2012 yilgi iPhone 5'ning uch xil balandlikdan bo‘rtib chiqqan uchta xunuk kamera jamlanmasiga ega katta versiyasiga o‘xshaydi. Ko‘pchilik yoqtirmagan tirqish va keng romlar hali ham bor, bu esa past ekran-korpus nisbatini yaratgan va qurilmani eskicha qilib ko‘rsatadi.

Stiv Jobs vafotidan 9 yil o‘tib ham, kompaniya hanuz u qurgan texnologiya va obro‘ asosida yashamoqda, hech qanday muhim innovatsiya qilinmayapti. Bu yil iPhone savdolari 21% ga pasayganiga hayron qolmasa ham bo‘ladi. Agar bu tendensiya davom etsa, 7-10 ichida iPhone'larning global bozordagi ulushi juda tushib ketadi», — deydi Durov.

Durov bundan oldin ham Apple'ning gegemonligini tanqid qilib, kupertinolik kompaniyaning yettita yolg‘onini fosh etgan hamda iPhone egalarini tashvishga soluvchi yettita sababni aytgandi.

O‘QING: 35 yashar, ko‘rinishidan modellarga o‘xshaydigan Telegram asoschisi — Pavel Durov haqida 10 fakt

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!