Telegram buzilganmidi? Daryo.uz bilan bog‘liq ish bo‘yicha Telegram Uzbekistan bayonoti

  •   DiMaX
  •  1436
  •  01.12.2020 13:08

Telegram buzilganmidi? Daryo.uz bilan bog‘liq ish bo‘yicha Telegram Uzbekistan bayonoti

Yaqinda Daryo nashrining rasmiy Telegram-kanallari va boshqa bir qator kanallarda administratorlik qiladigan profildan spam-xabarlar tarqatilgan (skrinshot bu yerda). Shu masala yuzasidan Telegram Uzbekistan rasmiy bayonot e’lon qildi.

O‘QING: Prezident xalqqa o‘z Telegram va WhatsApp raqamlarini berdi: «Meni ham guruhingizga qo‘shib qo‘ying!»

Boshqa administratorlar soxta xabarlarni o‘chirib tashladilar, Daryo esa xodimning Telegram-akkauntiga buzib kirilgan, deb e’lon qildi. Shundan so‘ng ko‘p foydalanuvchilar Telegram xavfsizligiga ishonmaslik kerak, degan fikrga kelishdi.

Men jabr ko‘rgan profil egasi bilan bog‘landim, deb yozadi Telegram’ning O‘zbekistondagi rasmiy vakili.

U bilan bir soatlik suhbat va @TeleUzChat’da munozaralar davomida profilga ruxsatsiz kirish (buzib kirish deb bo‘lmaydi) sababi ushbu foydalanuvchi tomonidan faollashtirilgan virus fayli ekanligi aniqlandi.

Virus jabrlanuvchining kompyuteriga masofadan turib kirish huquqini qo‘lga kiritgan va unda ochiq bo‘lgan Telegram Desktop hamda undagi faol turgan 3 ta akkauntni bir nechta kanallarga spam yuborish uchun ishlatgan.

Shu bois sizga quyidagini xabar bermoqchiman:

  1. 2BH bilan himoyalangan Telegram-profilga buzib kirilmagan.
  2. Profilga kirish foydalanuvchi o‘zi tomonidan faollashtirilgan virus yordamida amalga oshirilgan.
  3. Ushbu vaziyatdagi nuqsonlar – kompyuter himoyalanmagani va ijtimoiy muhandislikdir.

Maslahatlarim:

  • Qurilmangizni ham jismoniy, ham dasturiy xavfsiz holda saqlang.
  • Shubhali fayllarni ochmang. Ularni ishonchli antivirus bilan tekshiring.
  • 2 bosqichli himoya va kod-parolni faollashtiring.
  • Ushbu maqolani o‘qing.

O‘QING: «Telegram malikasi» bilan tanishamiz! (+video)