Telegram’da buyuk yangilanish: qanday yangi imkoniyatlar bor?

  •   DiMaX
  •  3814
  •  23.01.2019 18:16

Telegram’da buyuk yangilanish: qanday yangi imkoniyatlar bor?

O‘zbekistonda ham ommabop bo‘lgan Telegram messenjerida shu kunlarda katta yangilanish amalga oshirildi. Ya’ni, uning turli platformalar uchun taqdim etilgan kliyentlari yangi talqinlarda taqdim etildi.

O‘QING: Durov baribir Telegram Messenger LLP’ni yopishga majbur bo‘ldi!

Avvalo, mobil platformalar – Android hamda iOS uchun taqdim etilgan Telegram ilovasi 5.2-versiyagacha yangilandi. Ushbu apdeyt bilan messenjerga bir qator yangi funksiyalar qo‘shilgan, ayrim nuqsonlar bartaraf etilgan. Jumladan:

  1. Guruhlar foydalanuvchilari uchun global huquqlar berilgan.
  2. Guruhlarning superguruhga aylanish jarayoni silliqlashtirilgan: superguruhlarga tegishli parametrlar o‘zgartirilganida, qo‘shimcha bildirishnomalar kelmaydi.
  3. Yozishmalar tarixi yashirin bo‘lgan maxfiy guruhlarda yangi ishtirokchilar endi o‘zlaridan avvalgi 100 tagacha xabarni ko‘rishlari mumkin.
  4. Yozishmalar tarixini tozalagandan yoki undagi biror xabarni o‘chirgandan so‘ng, shu oxirgi amalni bekor qilish (otmena) imkoniyati qo‘shilgan.
  5. Kontaktlar ro‘yxatining saralanishini o‘zgartirish – ularni alfavit bo‘yicha yoki oxirgi onlayn bo‘lgan vaqtiga qarab taxlash imkoni bor.
  6. Mediafayllarni yuklash va jo‘natish uchun yangi animatsiyalar joriy etilgan.
  7. Mediafayllarni oldindan ko‘rish uchun yuklash tezligi sezilarli darajada oshirilgan.

O‘QING: Telegram'da siz uchun foydali botlar

Shuningdek, Windows hamda macOS tizimli kompyuterlar uchun taqdim etilgan Telegram dasturlarida ham bir qator o‘zgarishlar mavjud. Ularning aksariyati mobil platformadagi yangi imkoniyatlar bilan bir xil bo‘lsa-da, ayrim bandlarida farq bo‘lgani uchun barchasini keltirmoqdamiz.

Xullas, macOS bazasidagi kompyuterlar uchun Telegram 4.9 talqinidagi o‘zgarishlar:

  1. Guruhlar foydalanuvchilari uchun global huquqlar berilgan.
  2. Guruhlarning superguruhga aylanish jarayoni silliqlashtirilgan: superguruhlarga tegishli parametrlar o‘zgartirilganida, qo‘shimcha bildirishnomalar kelmaydi.
  3. Yozishmalar tarixi yashirin bo‘lgan maxfiy guruhlarda yangi ishtirokchilar endi o‘zlaridan avvalgi 100 tagacha xabarni ko‘rishlari mumkin.
  4. Yozishmalar tarixini tozalagandan yoki undagi biror xabarni o‘chirgandan so‘ng, shu oxirgi amalni bekor qilish (otmena) imkoniyati qo‘shilgan.
  5. Ushbu versiya Instant View 2.0’ni qo‘llab-quvvatlaydi.
  6. Yozishmalar ro‘yxatidagi dastlabki to‘qqizta chatdan biriga tezkor o‘tish uchun klaviatura kombinatsiyalari (CMD + 1-9) joriy etilgan.
  7. Barcha qoralamalarni bittada o‘chirish imkoni mavjud.
  8. Mediafayllarni oldindan ko‘rish uchun yuklash tezligi sezilarli darajada oshirilgan.
  9. Chat fonini xiralashtirib qo‘yish mumkin.

O‘QING: WhatsApp’dan foydalaning. Telegram, Facebook Messenger va Google Allo’ga ishonch yo‘q!

Windows bazasidagi kompyuterlar uchun Telegram 1.5.8 talqinidagi o‘zgarishlar:

  1. Guruhlar foydalanuvchilari uchun global huquqlar berilgan.
  2. Guruhlarning superguruhga aylanish jarayoni silliqlashtirilgan: superguruhlarga tegishli parametrlar o‘zgartirilganida, qo‘shimcha bildirishnomalar kelmaydi.
  3. Avtomatik yuklanish sozlamalari yaxshilangan: endi u fayllar va musiqalarni qo‘llab-quvvatlaydi, shuningdek, 8 MBgacha hajmli barcha fayllarni avtomatik yuklaydi.
  4. Yozishmalar tarixi yashirin bo‘lgan maxfiy guruhlarda yangi ishtirokchilar endi o‘zlaridan avvalgi 100 tagacha xabarni ko‘rishlari mumkin.
  5. Yozishmalar tarixini tozalagandan yoki undagi biror xabarni o‘chirgandan so‘ng, shu oxirgi amalni bekor qilish (otmena) imkoniyati qo‘shilgan.
  6. Agarda nikneym orqali teglab (upominaniye) murojaat etilgan xabarda ovozli xabar yoki videoxabar kelgan bo‘lsa, to uni ijro etmaguncha xabarni «o‘qilgan» sifatida belgilab bo‘lmaydi.
  7. Mediafayllarni yuklash va jo‘natish uchun yangi animatsiyalar joriy etilgan.
  8. Mediafayllarni oldindan ko‘rish uchun yuklash tezligi sezilarli darajada oshirilgan.

Yuqoridagi yangi imkoniyatlardan bahra olish uchun, qurilmangizning operatsion tizimidan kelib chiqib, quyidagi havolalar orqali Telegram’ni yangilab olishingiz mumkin: Android, iOS, macOS, Windows.

O‘QING: Telegram’da pul topishni istaysizmi?

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!