Telegram’da matnlarni turli formatlarda yozish usullari

  •   DiMaX
  •  16989
  •  08.10.2018 10:31

Telegram’da matnlarni turli formatlarda yozish usullari

Turli messenjerlarda yozishamiz, ulardagi kanallarni kuzatib boramiz va guruhlarda suhbatlashamiz. Xo‘sh, u yerda matnni har xil formatlarda yozib, chatdagilarni hayron qoldirishga nima deysiz?

O‘QING: WhatsApp’da xabarlarni turli formatlarda yozishni o‘rganamiz

O‘zbekistondagi eng ommabop messenjer – Telegram’da matnlarni har xil formatlarga solishning turli usullari bor. Hozir shulardan asosiylari – yozuvlarni to‘qrang (jirniy), kursivli, tagi chiziqli yoki «dasturchilar usulida» – harflarini bir xil enli qilib yozish yo‘llarini birga ko‘rib chiqamiz.

1-USUL: MAXSUS BELGILAR YoRDAMIDA

Ushbu usul Android, iOS, Windows, macOS va Linux operatsion tizimli qurilmalarda amal qiladi, ya’ni, bu – universal yo‘li. Shuningdek, mazkur usul judayam oddiy, faqat tegishli belgilarni eslab qolsangiz bas. Bunda kerakli matnni uch xil formatdan birida yozish mumkin: to‘qrang, kursiv va harflari bir xil enli.

  1. To‘qrang yozish uchun, matndagi kerakli so‘zni (yoki so‘zlarni, gapni) har ikki tomonidan juft yulduzcha (**) bilan chegaralash kerak:

  1. Kursiv formatiga solish uchun, tegishli matnning har ikki tarafidan pastki chiziqcha (_) belgisi qo‘yish lozim:

  1. Harflari bir xil enli qilinadigan matnni esa boshi va oxiriga uchtadan apostrof (‘‘‘) belgisi qo‘yasiz:

2-USUL: KLAVIATURA QISQARTMALARI YoRDAMIDA

Matnlarni turlicha formatlashning bu yo‘li macOS, Windows va Linux tizimli qurilmalarda qo‘l keladi. Ya’ni, kompyuter hamda noutbuklardagi Telegram Desktop dasturida, shuningdek, messenjerning veb-versiyasida shu usuldan foydalansangiz bo‘ladi.

Bunda matnning formatlanadigan qismini belgilab olasiz va, xuddi Word dasturidagi singari, standart klaviatura qisqartmalaridan foydalanasiz:

  1. To‘qrang qilish uchun – Ctrl/Cmd + B.
  2. Kursivli formatlash uchun – Ctrl/Cmd + I.
  3. Harflar eni bir xil bo‘lishi uchun – Ctrl/Cmd + Shift + M.
  4. Formatni tozalash – Ctrl/Cmd + Shift + N.

Masalan, bitta so‘zni to‘qrang qilingandagi ko‘rinishi quyidagicha:

Darvoqe, bu usul nisbatan yaqinda joriy etilgan. Agarda sizda bu ishlamayotgan bo‘lsa, Telegram Desktop dasturingizni yangilab oling.

3-USUL: @bold BOTI ORQALI

Ushbu Telegram-bot mazkur messenjerning barcha: Android, iOS, Windows, macOS hamda Linux operatsion tizimlaridagi kliyentlarida ishlaydi. Undan foydalanish uchun yozishmada xabarning eng boshida @bold so‘zini kiritish kifoya, davomiga esa kerakli xabaringizni yozaverasiz. Bu bot formatlashning uch xil – to‘qrang, kursiv va harflari bir xil enli variantlarini taklif etadi:

Bu usulning ikkita noqulay tomoni bor: avvalo, xabarning biror belgilab olingan qismi emas, balki matnning barchasi shunday yangi formatga solinadi. Ikkinchidan, xabaringizda bu matnning @bold boti yordamida yozilgani aks etib turadi.

Xulosa o‘rnida shuni ta’kidlashni istardikki, matnni turli formatlarga solib yuboraverish messenjerdagi suhbatdoshlaringizga uncha xush kelmasligi mumkin. Shu bois bu borada ham chegaradan chiqib ketmagan ma’qul.

O‘QING: Telegram’da notanish kontaktlar paydo bo‘lyaptimi? Bartaraf etamiz!