Telegram’da pul topishni istaysizmi?

Telegram’da pul topishni istaysizmi?

Keyingi vaqtlarda internet foydalanuvchilari orasida «Telegram’da qanday qilib pul ishlasa bo‘ladi?» mazmunidagi savollar ko‘payib bormoqda. Shu kabi qiziquvchilar ko‘pligi bois, bu boradagi bir nechta tavsiyalar to‘plamini e’tiboringizga havola etmoqdamiz.

O‘QING: Internetda qanday pul topsa bo‘ladi?

Avvalo, imkoniyatingizni va yo‘nalishingizni aniqlashtiring

Hozirgi kunda Telegram’da yangiliklar, qiziqarli videolar ulashuvchi, tematik va bozor kanallar juda ko‘p. Kanallari orqali millionlarni ishlayotgan yoshlarimiz ham bor. Lekin, ular bekorchi vaqtlarida shunchaki, kanal ochib, birdan odam ko‘payib ketganidan so‘ng, reklama berishni yo‘lga qo‘ymaganlar. Boshida deyarli ham bir kanal egasi auditoriya yig‘ish uchun rosa harakat qilgan. Asosiysi, ular boshqalardan ajralib turuvchi kontent bilan kanalni mashhur qilganlar. Siz ham shunday o‘ziga xos takrorlanmas kontentlarga boy kanal ochib, uni yurita olasizmi?

Yangiliklarni saytdan olib kanalga joylashtirib, odam ko‘paytirish esa hozir uncha ham oson emas. Imkoni bo‘lsa, o‘zingiz qiziqqan yoki faoliyat olib borayotgan sohada kanal ochsangiz, yuritish ham oson bo‘ladi.

Agar savdo bilan shug‘ullanish uchun kanal ochayotgan bo‘lsangiz, yurtimizda elektron savdo bilan shug‘ullanish uchun tegishli ruxsatnoma olish kerakligini unutmang.

Kanalga esda qoladigan va chiroyli nom qo‘yish ham muhim sanaladi.

Maxfiy (Private) guruh ochsangiz esa, aynan qanaqa mavzuda faoliyat yuritish ham muhimdir. Bunday guruhlarga ishtirokchilar maxsus havolalar orqali qo‘shiladi. Private guruhning kanaldan afzalligi – unda siz kichik guruhlarni tuzib, darslar yoki treninglar o‘tishingiz, shuningdek, guruh a’zolari bilan o‘zaro fikr almashishingiz mumkin. Maxfiy guruhni aniq reja asosida ochish maqsadga muvofiqdir. Shu sababli, Private guruhlar bo‘yicha kelgusida alohida maqola qilish niyatidamiz.

Hozir yana kanallar haqida.

  1. Kanalning «oformleniye»si – uning qiyofasi

Kanal uchun logotipni kvadrat shaklda, 1080x1080 piksellik hajmda tayyorlash tavsiya etiladi. Unutmang, Telegram’da logotip kichik ko‘rinishda shu sababli, detallarni kattaroq va yorqin ranglarda, sifatli formatda tayyorlang.

  1. Kanalni yuritish

Bo‘sh kanalga hech kim a’zo bo‘lmaydi. Kanalingiz tematikasidan kelib chiqqan holda, boshida uchtadan beshtagacha qiziqarli postni kanalga joylashtiring. Keyinchalik har kuni 2-3 ta qiziqarli kontent joylashtirib boring. Imkoni bo‘lsa, 2 kunlik kontentlarni oldindan tayyorlab qo‘ying. Yana bir tavsiya: kanalni tgstat.ru saytida ro‘yxatdan o‘tkazing. Bu kanalni statistikasini yuritishda ham foydalidir. Bundan tashqari, SontrollerBot orqali 3 kunlik postlarni rejalab qo‘yishingiz mumkin.

  1. Auditoriya yig‘ish (eng qiyini shu yerda)

Hozirgi kunda kanalga odash yig‘ish son ish emas. Sababi – kanallar ko‘p, raqobat kuchli. Odam yig‘ishning esa 2 ta shartli turi bor: pulli va bepul.

Pulli:

  • foydalanuvchisi ko‘p va faolligi yuqori kanallarda reklama berish;
  • Facebook, Instagram sahifalaridagi reklama berish;
  • botlar orqali yig‘ish (tavsiya etilmaydi).

Bepul:

  • smartfoningizdagi 200 tagacha kontaktni kanalga qo‘shish;
  • VP – o‘zaro reklama, ya’ni faollik bo‘yicha o‘zingiznikiga taxminan teng bo‘lgan biror kanal bilan o‘zaro kelishib, bir-birini reklama qilish. Aytaylik, soat 21.00 dan 06.00 ga qadar;
  • mashhur forumlar va ijtimoiy tarmoqlardagi izohlarda, Facebook, Instagram’dagi sahifalar izohlarida reklama berish;;
  • kataloglarda ( asosan, 1000 tadan ko‘paygach qo‘yiladi) reklama berish.

Shahsiy kuzativmda esa, kanalni eng yaxshi reklama qilish bu yaxshi kontent orqali katta kanalda reklama qilish bo‘lgan.

  1. Qanday pul topiladi?

Kanalda pul topishning eng asosiy turi bu – reklama. Avvallari reklama berishda kanallardagi foydalanuvchilar soniga ahamiyat berilar edi. Hozirgi kunda esa har bir postning ko‘rilish faolligi asosiy hisoblanadi. Chunki, har xil botlar orqali odam ko‘paytirish mumkin, lekin faollikni oshirish qiyin.

Kanalingizda har bir post kuniga 2000 ta odam ko‘rishni boshlagandan keyin unga reklama joylashtirish bo‘yicha takliflar tusha boshlaydi.

Shu bilan birga, reklamalarni ko‘paytirish yoki yolg‘on reklamalarni joylashtirish tavsiya etilmaydi. Sababi, ko‘p reklama foydalanuvchilarni bezor qilishi mumkin.

Eslatma! So‘nggi vaqtlarda mashhur kanallar reklamani joylashtirish bilan shug‘ullanishda Davlat xizmatlari agentligi tomonidan beriladigan ruxsatnoma bilan faoliyat olib bormoqdalar. Sababi – bu ham bir biznes turidir. Biznes esa soliq to‘lashi shart.

O‘QING: Telegram'da siz uchun foydali botlar

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!