Telegram'da siz uchun foydali botlar

Telegram'da siz uchun foydali botlar

Telegram-kanal admini uchun qanday botlar kerak? Kanallar uchun eng foydali botlar qaysi ekanligini bilasizmi?.

“IT-specialist” Telegram -kanalni yuritishda sizga yordam berishi mumkin bo‘lgan Telegram’ning foydali botlarini to‘pladi. Shuningdek, Telegram foydalanuvchilari uchun esa botlardan foydalanish bo‘yicha ko‘rsatmalarni ham keltirgan.  

@ControllerBot  — ushbu bot bilan quyidagilarni amalga oshirish mumkin:

  • postlarni tayyorlash va kanalga ma’lum vaqtda chiqishini sozlash;
  • layklar qo‘shish, havolalar biriktirilgan tugmalar qo‘shish;
  • rasmlarni biriktirish, matnga havolalarni qo‘shish.

Картинки по запросу @ControllerBot

Eslatib o‘tamiz, ushbu bot har bir kanal adminida bo‘lishi lozim!

@LivegramBot  — adminlar bilan savol/javoblar qilish uchun kanalga ulanuvchi maxsus bot. Kanalning tavsifida o‘z akkauntingizni qoldirdingiz va sizni xabarlar bilan ko‘mib tashlashyabdimi? Ushbu Feedback-botini yaratib oling, u chindan ham yordam beradi.

@ComenBot  — agar sizga yozuvlaringiz uchun izohlar kerak bo‘lsa, unda ushbu bot postlaringizga izoh qoldirish imkonini beradi.

O‘QING: Telegram’da o‘yin botlari

@Crosser_Bot  — ushbu bot yordamida o‘z Telegram kanallaringiz auditoriyasining boshqa kanallar bilan kesishmasini hisoblashingiz mumkin. O‘zaro auditoriyani baholash boshqa kanallarda reklamani samarali xarid qilishingizga imkon beradi. Siz shuningdek bu bot orqali o‘z auditoriyangizdagi ”o‘lik obunachilar”ni aniqlab, ulardan kanalingizni tozalab turishingiz mumkin.

Картинки по запросу @Crosser_Bot telegram bot

@TGstat_bot — kanalingiz statistikasi uchun bot. Bot kunlik ko‘rishlar soni, kunlik qamrov, boshqa kanallarda kanalingizni eslatilishlari soni va obunachilar miqdorini ko‘rsatiladi.

@Vote  — matnli tugmalar yordamida so‘rovnomalarni yaratish boti, u orqali kanalingiz kuzatuvchilarining fikrlari va qiziqishlarini bilishingiz mumkin. So‘rovnomalarni anonim va noanonim tarzda uyushtirish mumkin. 

@Like  — Emodzilar yordamida, layk va dizlayklar uslubida so‘rovnomalarni yaratish boti. Emodzilar yarating va kontentingiz qancha layk to‘plashini bilib oling.

Картинки по запросу @Vote  telegram bot

@BotFather— botlarning otasi. Botlarni yaratish uchun bot.

O‘QING: Yetti bot sizga madad beradi

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!