Telegram’dagi stikerlarni WhatsApp’ga ham qo‘shamiz

  •   DiMaX
  •  1352
  •  30.10.2018 15:33

Telegram’dagi stikerlarni WhatsApp’ga ham qo‘shamiz

O‘zbekistonda eng keng tarqalgan messenjer Telegram bo‘lib, unda muloqotni yanada jonlantiruvchi, qiziqarli qiluvchi stikerlardan ham foydalanamiz. Ushbu funksiya yaqinda dunyodagi eng ommabop WhatsApp ilovasiga ham joriy etilgan.

O‘QING: Nihoyat, WhatsApp’ga ham stikerlar qo‘shildi, uni sinab ko‘rishingiz mumkin!

Aytish kerakki, WhatsApp messenjerining stikerlari ham xuddi shunday – 512×512 pikselli «*.webp» formatli tasvirlardan iborat, shaffoflik qatlami bor va emodzilarga biriktiriladi.

Telegram dasturchilari esa bundan foydalanib qolishdi – o‘z stikerlarini raqobatchi messenjerga ham ko‘chirishdi. Ayni damda WhatsApp’da ikkita shunday stikerlar to‘plami mavjud bo‘lib, ularni quyidagi havolalari orqali o‘rnatib olishingiz mumkin:

Play Market yoki App Store orqali ushbu to‘plamlarni o‘rnatib olsangiz, ular avtomatik tarzda WhatsApp messenjeringizda paydo bo‘ladi.

Shuningdek, dasturchilar Telegram uchun stiker yasovchilarni ham o‘z to‘plamlarini WhatsApp’ga o‘tkazishga chorlashgan. Buning uchun [email protected] manziliga murojaat etish lozim – javoban buni amalga oshirishning batafsil yo‘riqnomasini yuborishadi.

O‘QING: iOS Stickers dasturi orqali Telegram uchun stikerlar qanday yaratiladi?

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.