Telegram dasturchilari Xiaomi va Huawei smartfonlari egalariga zo‘r maslahat berishdi

  •   DiMaX
  •  4766
  •  04.09.2019 16:14

Telegram dasturchilari Xiaomi va Huawei smartfonlari egalariga zo‘r maslahat berishdi

Butun dunyo bo‘ylab Huawei hamda Xiaomi smartfonlari foydalanuvchilari Telegram texnik ko‘mak xizmatining boshini qotirib yubordilar. Gap shundaki, mazkur qurilmalarda ushbu messenjerdan bildirishnomalar kelmay qo‘ygan.

O‘QING: Telegram, WhatsApp va Viber’dagi o‘z profillarimizni yangi telefon raqamimizga qanday o‘tkazamiz?

Shu boisdan Telegram dasturchilari jamoasi rasmiy FAQ bo‘limini yangilab – unga ushbu muammoni hal etish usullarini qo‘shib qo‘yishdi.

Messenjer vakillariga ko‘ra, Huawei hamda Xiaomi smartfonlari chet ilovalardan keladigan bildirishnomalarga qarshi o‘ta qattiq kurashadigan bo‘lgan. Task-killer fon rejimidagi so‘rovlarni bloklab qo‘yadi, Telegram’ni tezkor xotiradan olib tashlaydi va shu sababdan ham bu ilova masofadagi serverdan keladigan bildirishnomalarni qabul qila olmay qoladi.

Buning yechimi oddiy – Telegram dasturini istisnolar ro‘yxatiga qo‘shib qo‘yasiz, shunda task-killer uning faoliyatini to‘sib qo‘ya olmaydi. Buning qanday amalga oshirilishini ham messenjer dasturchilari ko‘rsatib berishgan.

Huawei smartfonlarida:

Phone Manager ilovasini ochasiz, u yerdagi «Zaщiщyonnie prilojeniya» bandiga kirasiz va ushbu ro‘yxatga Telegram‘ni qo‘shib qo‘yasiz.

Xiaomi smartfonlarida:

Ushbu telefonlarda mana bu manzilgacha borasiz: «Servisi» → «Bezopasnost» → «Razresheniya» → «Avtozapusk». Shu yerda Telegram‘ni topib, uning avtomatik ishga tushirilishini faollashtirib qo‘yasiz.

Shundan so‘ng sizning Xiaomi (sotib olish) yoki Huawei (xarid qilish) smartfoningiz Telegram bildirishnomalarini bloklab qo‘ymaydi (agar ilova sozlamalarida o‘zingiz cheklamagan bo‘lsangiz, albatta). Chunki endi bu messenjer o‘z-o‘zidan tezkor xotiradan olib tashlanmaydi va hamisha fon rejimida ishlab turadi.

O‘QING: Telegram’dagi shubhali kanallarga «firibgarlik» yorlig‘i qo‘yila boshladi. Ro‘yxatda O‘zbekistonning kanali ham bor!

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!