Telegram Desktop barqaror 1.4.2 talqinigacha yangilandi

  •   DiMaX
  •  684
  •  10.10.2018 13:52

Telegram Desktop barqaror 1.4.2 talqinigacha yangilandi

O‘zbekistonda eng ommalashgan messenjerlaridan biri noutbuk va kompyuterlarda foydalanish uchun Telegram Desktop dasturini taqdim etganidan xabaringiz bor. Ushbu ilova keyingi bir kunning ichida dastlab 1.4.1, keyin esa 1.4.2 talqiniga qadar yangilandi.

O‘QING: Telegram’ni kod-parol yordamida himoya qilishni bilasizmi?

Ushbu ikkita yangilanish bilan Telegram Desktop foydalanuvchilariga quyidagi afzalliklar taqdim etilgan:

  1. Xotira bilan bog‘liq xatoliklar tuzatilgan.
  2. Xaritalarning dastlabki ko‘rsatilishi (prevyu) endi MTProto protokoli orqali amalga oshiriladi.
  3. Sozlamalar menyusida o‘zgarishlar amalga oshirilgan.
  4. Turli tuzatish va yaxshilash ishlari olib borilgan.

Agarda kompyuter yoki noutbukingizda Telegram Desktop dasturi bo‘lmasa, uni mana bu havola orqali rasmiy saytidan yuklab olishingiz mumkin. Allaqachon ushbu ilovadan foydalanayotganlarga esa uni yangilash lozimligini eslatib o‘tamiz.

O‘QING: Telegram’dagi barcha yozishmalaringiz va fayllaringizni ko‘chirib olish yo‘li bor!