Telegram Desktop’da yangi imkoniyatlarni qarshi oling!

  •   DiMaX
  •  992
  •  12.08.2021 17:26

Telegram Desktop’da yangi imkoniyatlarni qarshi oling!

Windows 10 operatsion tizimi uchun Telegram Desktop yangilangan versiyada taqdim etildi. Ushbu apdeyt bilan messenjerda bir qator foydali funksiyalar va tashqi qiyofasida ayrim o‘zgarishlar paydo bo‘ldi.

O‘QING: Windows 10 uchun eng zo‘r 22 ta antivirus: mutlaqo bepullari ham bor!

Mazkur yangi imkoniyatlar quyidagilardan iborat:

  • Xabarning chatdan avtomatik yo‘qolib ketish muddatini bir oy, bir hafta yoki bir oy qilib sozlash mumkin.
  • Fayllarni ko‘rish rejimida alohida GIF varaqasi paydo bo‘lgan.
  • Agar akkauntingiz parolini unutgan bo‘lsangiz va uni tiklash uchun qo‘llanuvchi elektron pochtangizga kirish imkoningiz bo‘lmasa, endi ikki bosqichli autentifikatsiya yordamida akkauntga kirishni tiklasa bo‘ladi. Bunda eski parolni bekor qilish 7 kun vaqtni oladi, bu jarayonni mazkur akkauntingiz mavjud bo‘lgan istalgan qurilmadan turib to‘xtata olasiz ham.
  • Ilovaning belgichasi hamda dastlabki sozlamalarga ko‘ra chat foni yangilangan.

Telegram Desktop’ning yangi versiyasini Windows 10 operatsion tizimli kompyuter va noutbuklar egalari Microsoft Store katalogidan mana bu havola orqali o‘rnatib olishlari mumkin.

O‘QING: Telegram’da yangi vakansiyalar ochildi, ishlaysizmi?

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!