Telegram endi rasman o‘zbek tilida taqdim etildi!

  •   DiMaX
  •  1871
  •  15.04.2020 17:01

Telegram endi rasman o‘zbek tilida taqdim etildi!

Esingizda bo‘lsa, Telegram Uzbekistan kanali barcha qiziquvchilarni messenjerni o‘zbek tiliga o‘girish bo‘yicha hamkorlikka chorlagan edi. Mazkur kanalning e’lon qilishicha, Telegram’dan endi rasman o‘zbek tilida foydalanish mumkin.

O‘QING: TOP-7: Telegram’ning siz bilmagan sirlari

Telegram messenjerining interfeysini o‘zbekchaga almashtirish juda oson: Settings → Language → O‘zbek (Sozlamalar → Til → O‘zbek).

O‘zbek tili hozirda rasmiy ravishda Android hamda iOS tizimlari uchun ishlab chiqilgan Telegram kliyentlarida taqdim etilgan. Noutbuk va kompyuterlarga mo‘ljallangan Telegram Desktop dasturi ham tez orada ushbu imkoniyatga ega bo‘ladi.

Telegram Uzbekistan kanali interfeysni o‘zbek tiliga tarjima qilishda yordam bergan barchaga minnatdorchilik izhor etgan. Shuningdek, istalgan vaqtda ushbu tarjimani yanada mukammallashtirish uchun https://translations.telegram.org/uz havolasi orqali tarjimalar platformasiga kirish imkoni har bir foydalanuvchida mavjud ekanligini ham eslatadi.

O‘QING: Telegram'da qanday qilib Amerika raqami bilan akkaunt ochish mumkin?

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.