Telegram foydalanuvchilari kutayotgan funksiya boshqa messenjerda paydo bo‘ldi!

  •   DiMaX
  •  1323
  •  11.06.2020 14:42

Telegram foydalanuvchilari kutayotgan funksiya boshqa messenjerda paydo bo‘ldi!

Viber messenjeri jamoasi unga yangi qulay funksiya qo‘shilganligini e’lon qildi. Ushbu ilovada endi 20 nafargacha foydalanuvchi ishtirokida guruhli videoqo‘ng‘iroq qilish mumkin.

O‘QING: Zoom ham, Skype ham kerak emas: WhatsApp’da endi 50 kishilik videokonferensiya qila olasiz!

Viber ilovasida kerakli odamlar bilan videosuhbat boshlash uchun quyidagi uchta qadamni amalga oshirish kifoya:

  1. Ilova ekranining yuqori o‘ng burchagidagi video belgichasini bosasiz;
  2. Videochatga qo‘shish kerak bo‘lgan kontaktlarni belgilab chiqasiz;
  3. Chaqiruv tugmachasini bosasiz.

Guruhli videochat jarayonida yana yangi ishtirokchilarni ham videosuhbatga qo‘shish mumkin, buning uchun «Dobavit» tugmachasini bosish kerak.

Viber guruhli videoqo‘ng‘iroqlarida ayni paytda gapirayotgan ishtirokchining translyasiyasi barcha suhbatdoshlar ekraniga chiqadi. Zarurat tug‘ilsa, har bir ishtirokchi o‘zi uchun suhbatdoshlardan birining videosini o‘zida biriktirib qo‘ya oladi. Bundan tashqari, videokonferensiya davomida o‘zining ovozini yo videosini o‘chirib qo‘yish, shuningdek, kim shunday qilib qo‘yganini ko‘rish ham mumkin.

Guruhli videochatlar Viber 10 va undan keyingi versiyalardagi desktop hamda mobil ilovalarda ishlaydi.

O‘QING: Telegram, WhatsApp va Viber’dagi o‘z profillarimizni yangi telefon raqamimizga qanday o‘tkazamiz?

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.