Telegram foydalanuvchilari, qiyin vaziyatga tushishdan oldin buni bilib qo‘ying!

  •   DiMaX
  •  1529
  •  01.06.2021 09:49

Telegram foydalanuvchilari, qiyin vaziyatga tushishdan oldin buni bilib qo‘ying!

Xabaringiz borki, Telegram messenjeridan noutbuk yoki desktop kompyuterlarda foydalanish ikki xil usulda amalga oshiriladi. Bulardan biri – Telegram Desktop dasturi bo‘lsa, ikkinchisi – istalgan brauzerda uning web-versiyasini ochishdir. Biz avvalroq, ushbu ikkala usulda ham akkauntga kirish uchun kod SMS-xabar orqali yuborilmay qo‘yilgani haqida yozgan edik.

O‘QING: Telegram’da bepul, anonim va cheksiz fayl saqlagich paydo bo‘ldi

Endi esa rasmiy Telegram Uzbekistan kanali ham Telegram Desktop ilovasiga va messenjerning Web-versiyasiga kirish haqida eslatma e’lon qildi. Unda yuqoridagi holat – Telegram-akkauntingizga endi kompyuter yoki noutbukda SMS orqali kira olmasligingiz tasdiqlangan va buning muqobil yo‘llari ko‘rsatilgan.

Kompyuter uchun dastur va Web-ilovalarda profilga kirishni faqat Telegram kodi yoki QR-kod orqali amalga oshirish mumkin, deyiladi unda. Agar akkauntingizda boshqa faol seanslar bo‘lmasa, siz mobil qurilmangizda o‘z profilingizga kirishingiz kerak bo‘ladi va tasdiqlash kodi SMS orqali emas, balki telefondagi Telegram ilovasiga yuboriladi.

Buni yoningizda faqat Telegram ilovasisiz oddiy telefon va kompyuter bor bo‘lgan vaziyatga tushishdan oldin yodda tutishni maslahat beramiz, deyiladi eslatmada.

Telegram-akkauntga QR-kod orqali tezkor kirish haqidagi yo‘riqnoma va bu jarayonning videosi mana bu maqolamizda ko‘rsatilgan. Agarda sizda ikki bosqichli autentifikatsiya yoqilgan bo‘lsa, uning parolini ham kiritishingiz kerak bo‘ladi. Bunaqa himoya esa profilingizni buzib kirishdan saqlashda ishonchli vositadir.

O‘QING: Android uchun mustaqil Telegram chiqdi: afzalliklari nimada? (+video)

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!