Telegram'ga VPN orqali kirish qonuniymi? Roskomnadzor javob berdi.

Telegram'ga VPN orqali kirish qonuniymi? Roskomnadzor javob berdi.

Rossiya hududida Telegram faoliyatining taqiqlanishi munosabati bilan bir-biridan qiziqarli xabarlar tarqalishi davom etmoqda. Ularning aksariyati Roskomnadzor tashkiloti rahbari Aleksandr Jarov bilan bog‘liq. U kecha bir soat mobaynida jurnalistlar bilan muloqotda bo‘lgan.

Intervyuda ma’lum bo‘lishicha, rossiyaliklar mamlakatda blokirovka qilingan messenjerdan VPN yoki proksi tizimlari orqali foydalanishlari mumkin. Buning uchun internet foydalanuvchilari jarimaga tortilmaydilar yoki jinoyatchi deb topilmaydilar.

O‘qing: Smartfon sanoatida kuchli raqib kutilmoqda

Xususan, Aleksandr Jarovning qayd etishicha, Rossiya xavfsizlik xizmati hamda Roskomnadzor tashkilotlari turli yo‘lla bilan xizmatdan foydalanadigan Telegram foydalanuvchilariga hech qanday e’tiroz bildirmaydilar. Shu bilan birga, bot/kanal egalari, jumladan qonun doirasida faoliyat olib borayotgan siyosiy resurslar faoliyatiga ham biror taqiq qo‘yilmaydi. Davlat mansabdorining ta’kidlashicha, messenjer bloklanishi davlatning aloqa ma’muri hamda messenjer rahbariyati o‘rtasidagi nizo.

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!