Telegram haqida 13 qiziq savolga aniq javob!

Telegram haqida 13 qiziq savolga aniq javob!

Xabarlashuv ilovasi bo‘lmish Telegram bor-yo‘g‘i bir necha yil oldin chiqqan bo‘lishiga qaramay, ancha ufqlarni zabt eta oldi.

Asosiy raqibi WhatsApp'ni Facebook sotib olishi bilan, aslida, Germaniyada yaratilgan Telegram'ning foydalanuvchilari soni keskin oshib ketdi. WhatsApp'ga muvaffaqiyatli muqobil bo‘la olgan Telegram Pavel va Nikolay Durovlar tomonidan yaratilgan. Ma’lumot uchun, Durovlar Rossiyaning eng katta ijtimoiy tarmoqlaridan bo‘lgan VKontakte'ning yaratuvchisi ham hisoblanadi.

Telegram haqida qisqacha:

Veb-sayti: telegram.org;
Asos solingan sanasi: 2013-yil, mart;
Asoschilari: Nikolay va Pavel Durovlar;
Shtab-kvartirasi: London, Birlashgan Qirollik (qonuniy qarorgohi);
Operativ markazi: Dubay, BAA.

Quyida 2013-yilda yaratilgan Telegram haqidagi 13 savolga 13 javobni keltirib o‘tamiz. Keltirilgan ma’lumotlarning ba’zilari biroz eskiligini ham eslatib o‘tmoqchimiz.

1. Telegram foydalanuvchilari soni qancha?
2019-yil 19-avgustdagi ma’lumotga ko‘ra, 365 million.

2. Telegram orqali kuniga qancha xabar yuboriladi?
2016-yil 23-fevraldagi ma’lumotga ko‘ra, 15 milliard.

3. Har bir foydalanuvchi kuniga qancha xabar yozadi?
Nazariy jihatdan, 150 ta.

4. Telegram reklamaga qancha mablag‘ sarflagan?
2014-yil 8-dekabrdagi ma’lumotlarga ko‘ra, 0 dollar.

5. Telegram'ga haftasiga o‘rtacha qancha yangi foydalanuvchi qo‘shiladi?
2014-yil 8-dekabrdagi ma’lumotga ko‘ra, 1 million.

6. Telegram'ga kuniga o‘rtacha qancha yangi foydalanuvchi qo‘shiladi?
2016-yil 23-fevraldagi ma’lumotga ko‘ra, 350 mingta.

7. WhatsApp Facebook tomonidan sotib olinganidan bir necha kun o‘tib qancha odam Telegram'ni yuklab olgan?
8 million.

8. 2019-yil martda Facebook ishlamay qolgan davrda Telegram'ga qancha yangi foydalanuvchi qo‘shilgan?
3 million.

9. Janubiy Koreyada qancha odam Telegram'dan foydalanadi?
2014-yil 26-oktyabrdagi ma’lumotga ko‘ra, 1.71 million.

10. Gongkongda qancha odam Telegram'dan foydalanadi?
2019-yil 1-avgustdagi ma’lumotga ko‘ra, 1.7 million.11. Braziliya WhatsApp'ni vaqtinchalik bloklaganidan boshlab keyingi 24 soat ichida Telegram'ga qancha yangi foydalanuvchi qo‘shilgan?
5.7 million.

12. Telegram foydalanuvchilarining qanchasi Android qurilmasi ishlatadi?
2017-yil 3-yanvardagi ma’lumotga ko‘ra, 85% i.

13. Telegram nechta tilda mavjud?
2019-yil 1-oktyabrdagi ma’lumotga ko‘ra, 14 ta tilda.

O‘QING: Facebook haqida 12 qiziq fakt

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!