Telegram-kanal mualliflari terrorchilar ro‘yxatiga kiritildi

  •   DiMaX
  •  1194
  •  20.11.2020 12:26

Telegram-kanal mualliflari terrorchilar ro‘yxatiga kiritildi

Esingizda bo‘lsa kerak, Belarus hukumati NEXTA nomli Telegram-kanal mualliflariga nisbatan qidiruv e’lon qilgan edi. Endi esa ular terrorchilar ro‘yxatiga kiritildi, deb yozmoqda Sof.uz.

O‘QING: Telegram-kanalda qizlarning telefon raqami va pornografik materiallar tarqatgan shaxs jazolandi

Ta’kidlanishicha, KGB ro‘yxatiga kiritilgan 726 kishidan faqat Putilo va Protasevich Belarus fuqarolari hisoblanadi. Ro‘yxatda qayd qilingan qolgan kishilar Suriya, Iroq, Afg‘oniston fuqarolaridir.

Nexta mualliflari Belarus Jinoyat kodeksining «Ommaviy tartibsizliklar» moddasi bo‘yicha ayblanmoqda.

Avvalroq Putilo va Protasevich xalqaro kidiruvga berilgandi. Ta’kidlanishicha, hozirda ular Polshada qolmoqdalar. Belarus hukumati qo‘shni davlatni ularni topshirishga chaqirmoqda.

Belarus tergov qo‘mitasi Nexta mualliflariga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atgan. Ular ommaviy tartibsizliklarni uyushtirish hamda hokimiyat va huquq-tartibot vakillariga nisbatan «ijtimoiy adovat qo‘zg‘atishga» qaratilgan xatti-harakatlarni amalga oshirishda ayblanmoqda.

Nexta Telegram-kanali Belarusda prezident saylovlaridan keyin boshlangan ommaviy noroziliklarni faol yoritib keladi. Minsk sudi internet-nashr materiallarini ekstremistik deb topgan.

Bundan avvalroq Nexta Telegram kanali mualliflari Belarus davlati tomonidan qidiruvga berilgani xabar qilingan edi.

O‘QING: Internetda kimlarni izlash eng xavfli?

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.