Telegram-kanalingiz bormi? Yangi yil sovg‘asini oling!

  •   DiMaX
  •  2409
  •  28.12.2019 14:30

Telegram-kanalingiz bormi? Yangi yil sovg‘asini oling!

O‘zbekistonda eng ommalashgan messenjerlardan biri – Telegram platformasida kanallar ko‘p. Telegram Analytics jamoasi esa ularning ma’mur (administrator)lari uchun o‘ziga xos Yangi yil sovg‘asi tayyorladi.

O‘QING: Telegram’dagi terrorchilar Alisher Usmonov kompaniyasiga qarashli messenjerga ko‘chib o‘tishgan!

Tasdiqdan o‘tgan kanallar ma’murlariga Telegram Analytics jamoasi shu kanalning 2019 yildagi yutuqlari aks etgan otkritka jo‘natmoqda. Unda kanalning asosiy ko‘rsatkichlari – qamrov ko‘lami, ko‘rishlar soni, publikatsiyalar miqdori va hokazolar aks ettirilgan.

TGStat.ru ma’lumotlar bazasida mavjud bo‘lgan kanallar ma’murlariga shunday otkritkalar yuborish 27 dekabrdan boshlangan. Biroq kanallar soni juda ko‘pligi bois, sovg‘a-otkritka sal kechikibroq kelishi ham mumkin.

Agarda sizning ham kanalingiz mavjud bo‘lsa va sovg‘ani tezroq olishni istasangiz, @TGStat_Bot’ga murojat etishingiz mumkin. Ushbu botga «2019 username» yozuvini (qo‘shtirnoqsiz) yuborish kifoya; faqat bunda «username» o‘rniga o‘z kanalingiz nomini yozasiz.

Ushbu yangilikni Telegram’da kanal yuritayotgan boshqa do‘stlaringizga ham ulashing – har kim o‘zining Yangi yil sovg‘asini olsin!

O‘QING: «Gruppaga odam qo‘sh va pul ishla»: internet-firibgarlarning yangi turidan saqlaning!

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.