Telegram kriptovalyutasi haqida ilk rasmiy xabar: kriptohamyonlarni hozirlab turing!

  •   DiMaX
  •  1113
  •  04.10.2019 10:35

Telegram kriptovalyutasi haqida ilk rasmiy xabar: kriptohamyonlarni hozirlab turing!

Telegram messenjerining blokcheyn-tizimi – TON haqidagi ilk ma’lumotlar 2018 yilning boshida paydo bo‘lgan edi. O‘shanda Telegram ushbu loyiha uchun bir necha hafta ichida investorlardan 1.7 milliard dollar sarmoya yig‘a olgandi.

O‘QING: Telegram kriptovalyutasi: chiqish kunigacha aniq bo‘ldi!

Uning asoschilari – aka-uka Nikolay va Pavel Durovlar joriy yilning 2 oktyabr kuni kechqurun ular investorlarga rasmiy xat yo‘llashdi. Unda TON dasturchilari mazkur sohadagi ishlar reja bo‘yicha ketayotganini, taqdimot o‘sha belgilangan muddatda amalga oshirilishini ilk bora rasman e’lon qilishdi. Buni ham tushunsa bo‘ladi: agarda ular relizni kechiktirishsa, investorlarga naq 1,7 milliard dollar mablag‘ni qaytarib berishlariga to‘g‘ri keladi, axir!

Shuningdek, investorlarga yo‘llangan maktubda ular o‘z kriptovalyutasini qanday olishlari mumkinligi ham ko‘rsatilgan. Buning uchun ular 16 oktyabrdan kechiktirmasdan maxsus kriptohamyon ochishlari darkor.

Afsuski, rasman ishga tushirilgach, Telegram kriptovalyutasi qanchaga baholanishi haqida ushbu maktubda ma’lumot berilmagan. Ekspertlarning hisob-kitoblariga qaraganda, boshlanishiga bitta Gram narxi 2,5-3 dollar bo‘lishi mumkin.

O‘QING: Telegram haqida 13 qiziq savolga aniq javob!

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!