Telegram "kuchaydi uje"!

Telegram

O‘zining 72 million ortiq foydalanuvchilariga asoslanib Rossiyaning MegaFon aloqa operatorining xabar berishicha, messenjerlardan foydalanishda Telegram ilovasi Meta'ning WhatsApp ilovasidan o‘zib ketgan va u mamlakatdagi eng mashhur ilovaga aylangan.

Xabarlarga ko‘ra, Telegram ilovasidan foydalanish Rossiyada 24-fevraldan boshlab faol ravishda o‘sgan. Yana bir messenjer ilova, Viber'dan foydalanish esa, aksincha, mart oyidan boshlab tushib ketgan. MegaFon'ning hisob-kitoblariga ko‘ra, mart oyining dastlabki ikki haftasida Telegram'ning umumiy trafik ulushi o‘tgan oyning shu davriga nisbatan 48 foizdan 63 foizga oshgan. Bundan tashqari, Telegram kuniga mobil trafik iste’moli bo‘yicha yetakchiga ham aylangan: o‘rtacha hisobda bir foydalanuvchi ushbu xizmatga 101 mb, WhatApp foydalanuvchilari - 26 mb, Viber - foydalanuvchilari esa 8 mb trafik sarflaydi.

Shuningdek, yana bir uyali aloqa operatori, Beeline matbuot xizmati Telegram trafigi bo‘yicha Rossiyada eng ommabop messenjer ekanligini ma’lum qildi.

“Bugungi kunda undagi foydalanuvchilar trafigining hajmi WhatsApp'dan 15 baravar ko‘p" , — deya qo‘shimcha qildi operator vakili.

Telegram'ning o‘sib borayotgan mashhurligiga Rossiyada 4-mart kuni Facebook, 14-mart kuni esa Instagram'ning bloklanishi asosiy sabab bo‘lgan. Shu ikki ijtimoiy tarmoq va WhatsApp messenjeriga egalik qiluvchi Meta bosh kompaniyasi esa mamlakatda "ekstremistik tashkilot" deya tan olingan.

O‘QING: Raqamli migratsiya: Instagram'chilar ko‘chishmoqda