Telegram messenjeri ko‘p davlatlarda ishlamay qoldi

Telegram messenjeri ko‘p davlatlarda ishlamay qoldi

So‘nggi bir necha soat davomida Telegram messenjeri faoliyatida uzilishlar kuzatilmoqda. Yevropa, Yaqin Sharq va MDH davlatlaridagi foydalanuvchilar ilovadan foydalana olmayaptilar.

Telegram asoschisi Pavel Durov o‘z Twitter sahifasida muammoning asosiy sababini ma’lum qildi.

«Telegram serveri klasterlaridan birida quvvat o‘chib qolishi bilan bog‘liq muammo tufayli Yevropada uzilishlar kuzatilmoqda. Biz muammoni bartaraf etish ustida ishlamoqdamiz, lekin ko‘p narsa ma’lumotlar bazasi provayderining quvvat uskunalarni tartibga solishiga bog‘liq,» deb yozadi Durov.

Joriy yilning mart oyida Rossiyaning Roskomnadzor davlat agentligi Telegram Messenger Limited kompaniyasiga xabar yuborib, kompaniya Federal Xavfsizlik Xizmatiga yozishmalarni o‘qish imkonini berishga qonun bo‘yicha majburligidan ogohlantirgan va talablarni bajarish uchun 15 kun muhlat bergan edi.

 

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!