Telegram messenjerining Android-ilovasida yashirin foydali funksiya topildi

  •   DiMaX
  •  7296
  •  04.07.2020 12:01

Telegram messenjerining Android-ilovasida yashirin foydali funksiya topildi

Yurtimizda juda ommalashgan Telegram ilovasida videoqo‘ng‘iroq ishlay boshlagani va uni qanday ishga tushirish haqida yozgandik. Quyida esa uning «yashil robotchali» qurilmalarga mo‘ljallangan kliyentidagi bitta yashirin opsiya haqida so‘z yuritamiz.

O‘QING: Telegram asoschisi «ko‘pga tushdi»: AQSh hukumatiga $18,5 million, investorlarga esa naq $1,244 mlrd. to‘lashi kerak!

Android-smartfonlar egalari shunday vaziyatga duch kelgan bo‘lishsa kerak: Telegram’da matn tera boshlashingiz bilan, unga fayl biriktiruvchi «skrepka» belgichasi yo‘qolib qoladi. Bu esa noqulaylik tug‘diradi – ayrimlar bu belgicha yana ko‘rinishi uchun yozganini o‘chiradi. Tajribaliroqlar esa oldin yuboriladigan faylni biriktirib, keyin matnni terishadi va birga yuborishadi.

Endi esa matn tergandan so‘ng ham o‘sha «skrepka»ning vazifasini bajara oluvchi funksiya topildi. Shunchaki, matnni terib bo‘lgach yoki orasida, ekranning yuqori o‘ng burchagidagi «uchnuqta»ni bosasiz. Bunda fayl biriktirish funksiyasi pastdan ochiladi.

Ushbu menyu faqat matn maydonchasida biror belgi terilganidan keyingina paydo bo‘ladi. Oddiy rejimda esa «uchnuqta» belgichasi chatning odatiy opsiyalarini taklif etadi.

O‘zingiz sinab ko‘ring va bu foydali usuldan yaqinlaringizni ham boxabar qilish uchun ushbu yo‘riqnomani ulashing!

O‘QING: TOP-7: Telegram’ning siz bilmagan sirlari