Telegram muassisi Pavel Durov qanday qilib Rossiyaning eng boy odamiga aylandi?

  •   DiMaX
  •  1269
  •  16.01.2021 12:09

Telegram muassisi Pavel Durov qanday qilib Rossiyaning eng boy odamiga aylandi?

Pavel Durovga yaqinda Telegram messenjerning 5-10 foizi uchun 30 milliard dollar taklif qilingan. Bundan kelib chiqilsa, u Rossiyaning eng boy odami hisoblanadi. Bu haqda ikkita manbaga tayanib The Bell nashri xabar bermoqda.

O‘QING: Telegram asoschisi Shavkat Mirziyoyevni eslab o‘tdi

Durov bu ko‘rsatkich bilan Forbes talqini bo‘yicha hozirda Rossiyaning eng odami bo‘lgan Vladimir Potaninni ancha ortda qoldiradi. «Nornikel» egasining boyligi hozirda 19,7 mlrd dollarga baholanmoqda.

Biroq Durov bunday «mo‘may» taklifga qaramay, messenjerdagi ulushini sotishdan bosh tortgan. Sarmoyachilar Telegram’ni Rossiyaning eng boy kompaniyalaridan biri sifatida baholashmoqda. Jumladan, u «Yandeks» (bozor qiymati 22 mlrd dollar), Rossiyaning eng yirik oltin qazib oluvchisi «Polyus» (27,3 mlrd dollar) va «Surgutneftegaz» (21,9 mlrd dollar) kabilardan qimmatroq turadi. Vaholanki, 2017 yilda messenjer 3-5 mlrd dollarga baholangan.

Nashrning ta’kidlashicha, Durov Telegram’ni «VKontakte»ni va 2 ming bitkoinni sotishdan olgan mablag‘lari hisobiga moliyalashtiradi.

Durov avvalroq Telegram foydalanuvchilari soni 3 kun ichida 25 mlnga ko‘payib, jami 500 mlndan oshganini ma’lum qilgandi. Messenjer AQSh prezidenti Donald Trampning Twitter’dagi sahifasi bloklanib, uning tarafdorlari qo‘llagan Parler ijtimoiy tarmog‘i App Store va Google Play’dan o‘chirib tashlangandan keyin ommalasha boshlagan.

O‘QING: Shazam shart emas: musiqalarni endi Telegram orqali tanib olish mumkin!

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!