Telegram’ni tinch qo‘yishmayapti: Durov noiloj kompaniyani yopdi!

  •   DiMaX
  •  3503
  •  03.04.2019 12:08

Telegram’ni tinch qo‘yishmayapti: Durov noiloj kompaniyani yopdi!

Joriy yilning 2 aprelida Buyuk Britaniyaning yuridik shaxslar reyestridan Telegram Messenger LLP kompaniyasi o‘chirildi. Ayni shu kompaniya Roskomnadzor tomonidan Telegram messenjerining egasi sifatida qayd etilgan edi.

O‘QING: Durov baribir Telegram Messenger LLP’ni yopishga majbur bo‘ldi!

Rossiya Aloqa, axborot texnologiyalari va ommaviy kommunikatsiyalar sohasi nazorati bo‘yicha federal xizmati – Roskomnadzor mazkur kompaniyani axborot tarqatuvchi tashkilot sifatida ro‘yxatga olgan edi. Undan mamlakat huquqni muhofaza etuvchi idoralariga foydalanuvchilarning muloqotlari shifrlash kalitlarini topshirishni talab etgan, ammo Telegram Messenger LLP buning imkoni yo‘qligini ta’kidlagani bois, Roskomnadzor ushbu messenjerni bloklashga urinib kelayotir.

Shunday qilib, yuqorida nomi keltirilgan kompaniya rasman yopildi, ammo Telegram messenjeri boshqa – Telegram Systems LLP nomiga o‘tkazildi. Uning kontakt va ro‘yxatdan o‘tish ma’lumotlari Roskomnadzorda yo‘q, shuningdek, ushbu kompaniya uning ro‘yxatida «ma’lumot tarqatuvchi tashkilot» tarzida qayd etilmagan ham.

O‘QING: Telegram’da aqidaparastlik g‘oyalarini tarqatgan novvoyga hukm o‘qilib, telefoni ham musodara etildi

Tabiiy savol tug‘iladi: boshqa yuridik shaxs nomiga o‘tkazilganidan so‘ng, Telegram’ning holi nima kechadi? Roskomnadzor endi uni tinch qo‘yadimi yo yo‘qmi? Bu savollarga javoban Roskomnadzor matbuot kotibi Vadim Ampelonskiy shunday degan:

«Tasavvur qilingki, siz biznes yurityapsiz, kredit olgansiz va uni qaytarmayapsiz. Kreditorlar esa uni qaytarishingizni talab etishyapti. Siz bu muammoni yechish uchun, yuridik shaxs – kompaniyangizni yo‘q qilasiz. Xo‘sh? Bo‘ldimi? Endi sizning hech kimdan qarzingiz yo‘qmi?»

Ishqilib, shunaqa gaplar – Telegram ustidagi mojarolar hali-beri tugamaydigan ko‘rinadi. Bu boradagi yangiliklardan birinchilar qatorida boxabar bo‘lib borish uchun bizni kuzatishda davom eting.

O‘QING: Barcha tizimlardagi Telegram dasturlari yangilandi! Ulardagi yangi imkoniyatlar bilan tanishing!

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!