Telegram nimasi!? Kerak bo‘lsa, Google ham Roskomnadzorga jarima to‘layapti!

  •   DiMaX
  •  893
  •  25.12.2018 15:40

Telegram nimasi!? Kerak bo‘lsa, Google ham Roskomnadzorga jarima to‘layapti!

Rossiya Federatsiyasining Aloqa, axborot texnologiyalari va ommaviy kommunikatsiyalar sohasi nazorati bo‘yicha federal xizmati – Roskomnadzor joriy yilning 11 dekabrida Google kompaniyasiga 500 ming rubl miqdorida jarima solgan edi. Sababi – u mazkur mamlakatning «Ma’lumotlar, axborot texnologiyalari va axborotlar muhofazasi to‘g‘risida»gi qonunini buzgan.

O‘QING: Google insoniyat tarixidagi eng yirik jarimaga tortildi

Google kompaniyasi Roskomnadzor tomonidan belgilangan ushbu jarimani to‘lab bermoqchi va uning ustidan shikoyati yo‘q. Bu xususda qidiruv gigantining matbuot xizmati xabar bergan.

Qonunga ko‘ra, qidiruv servislari Rossiyada taqiqlangan saytlarni ushbu mamlakat hududidagi foydalanuvchilar uchun izlash natijalarida ko‘rsatmasliklari kerak. Google esa bunga amal qilmaganligi uchun jarimaga tortilgan.

Roskomnadzor ta’kidlashicha, Google’ga nisbatan eng kam miqdordagi jarima belgilangan. Bu qonunni buzganlik uchun ma’muriy javobgarlik sifatida 500 mingdan 700 ming rublgacha jarima tayinlanishi mumkin.

Tashkilot jarimani belgilagach, agarda Google qidiruv natijalarini filtrlash haqidagi talabga nisbatan e’tiborsizlik qilsa, mazkur tizimni Rossiyada bloklashga tayyor ekanligini e’lon qilgan.

O‘QING: Rossiyada Telegram butunlay bloklanishi mumkin! Buning uchun Roskomnadzor 20 mlrd. ajratmoqchi

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!