Telegram’ning Android-ilovasi yangilanib, zo‘r imkoniyatlar taqdim etildi!

  •   DiMaX
  •  2771
  •  28.06.2018 12:53

Telegram’ning Android-ilovasi yangilanib, zo‘r imkoniyatlar taqdim etildi!

O‘zbekistonda eng ommalashgan messenjer – Telegram ko‘plab qulayliklari bilan kishilar e’tiboriga tushgan. Shuningdek, turli idora va tashkilotlar ham undagi imkoniyatlardan keng foydalanib kelishmoqda.

O‘QING: Bosh prokuratura Telegram’da o‘z rasmiy kanalini ochdi

Mazkur messenjerning Android-devayslar uchun ishlab chiqilgan kliyenti 4.8.10 talqinigacha yangilandi. Unda yuzerlarga taqdim etilgan qulayliklarning qisqacha ro‘yxati quyidagicha:

  1. Chatlarni endi o‘qilgan yoki o‘qilmagan tarzida belgilab qo‘yish mumkin.
  2. Audioxabarlarni tinglash hamda videoxabarlarni ko‘rishning tezlashtirilgan rejimi qo‘shilgan.
  3. Suhbatdoshingizga birovning kontaktini yuborayotib, qabul qiluvchiga bu kontaktning qaysi telefon raqamlari yoki boshqa ma’lumotlari yetib borishini o‘zingiz tanlay olasiz.
  4. Allaqachon yuborilgan xabarni tahrirlayotib, uning ichidagi mediafayllarni (surat, video...) boshqasiga almashtirishingiz, ularning ketma-ketligini o‘zgartirishingiz mumkin.
  5. Yuborgan xabaringiz hajmi katta, internet tezligi esa past bo‘lgani sababli ketishi qiyin kechayotgan bo‘lsa, jo‘natilib bo‘lmasidan avval ham o‘chira olasiz.

O‘QING: Telegram va WhatsApp’dagi o‘chirilgan xabarlarni ham o‘qish yo‘li topildi!

  1. Xabar matnidagi biror so‘zga endi giperhavola joylash mumkin – bu funksiyaga uning formatlash menyusidan kiriladi.
  2. Qidiruv natijalari bo‘yicha o‘tishda va u yerdan ortga qaytishda endi qidiruv so‘rovi saqlanib turadi.
  3. Blokirovkani aylanib o‘tish vositalari yaxshilangan.
  4. Qidiruvda kishilarning niklari chiqmaydigan qilib qo‘yish mumkin.

Mazkur yangi imkoniyatlardan foydalanish uchun Telegram ilovasini ushbu havola orqali Google Play katalogidan yuklab (yoki yangilab) olsangiz bo‘ladi.

O‘QING: Telegram’ni kod-parol yordamida himoya qilishni bilasizmi?

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.