Telegram’ning iOS-ilovasi ikki haftada tubdan yangilanadi – bu gal juda boshqacha!

  •   DiMaX
  •  459
  •  19.09.2018 08:10

Telegram’ning iOS-ilovasi ikki haftada tubdan yangilanadi – bu gal juda boshqacha!

Ikki hafta ichida App Store katalogida Telegram messenjerining yangilangan ilovasi paydo bo‘ladi. U Swift tilida butunlay boshqatdan yozilgan bo‘ladi, deya xabar berdi Pavel Durov.

O‘QING: iOS uchun Telegram X ilovasi yangilandi: vCard, «3D touch» va boshqa imkoniyatlar!

Yangi arxitekturaga ko‘chish tufayli Telegram yanada tezkor, silliq ishlovchi va energiya tejovchi ilovaga aylanadi. Yangilanishdan so‘ng ayrim mayda xatoliklar yuzaga kelishi mumkin va ular tezkorlik bilan bartaraf etiladi.

Aytish kerakki, Telegram jamoasi 2018 yilning yanvaridan buyon messenjerning Swift’da yozilgan muqobil kliyenti – Telegram X ilovasi orqali ham o‘z xizmatlarini ham taqdim kelmoqda. Oddiy Telegram’ning yangilangan iOS-ilovasi aynan unga asoslangan bo‘ladi.

O‘QING: Telegram X’ning oddiy Telegram’dan farqi nimalarda?

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!