Telegram’ning iOS-ilovasi Swift tilida yangilandi – yangi imkoniyatlarni qarshi oling!

  •   DiMaX
  •  389
  •  29.09.2018 10:07

Telegram’ning iOS-ilovasi Swift tilida yangilandi – yangi imkoniyatlarni qarshi oling!

O‘zining maxfiylik siyosati bilan yaxshi tanilgan Telegram messenjeri jamoasi uni takomillashtirishda davom etmoqda. Uning asoschisi yaqinda uning Swift tilida butunlay boshqatdan yozilgan yangi arxitekturaga ko‘chishi haqida xabar bergandi.

O‘QING: Telegram’ning iOS-ilovasi ikki haftada tubdan yangilanadi – bu gal juda boshqacha!

O‘sha yangilanish, nihoyat, amalga oshdi – Apple gadjetlarida foydalanish uchun Telegram ilovasi 5.0.8 versiyasida taqdim etildi. Bu ilova endi avvalgilaridan butkul farqli – u butunlay boshqatdan, Swift dasturlash tilida yozilgan. Eslatib o‘tamiz, ushbu messenjerning muqobil kliyenti – Telegram X ham ayni shu tilda yozilgan.

iPhone va iPad’lar uchun 5.0.8 talqinida taqdim etilgan Telegram ilovasida quyidagi o‘zgarishlar mavjud:

  1. Batareya sarfi kamaytirilgan.
  2. Ilovada yoyiluvchi bildirishnomalar yo‘lga qo‘yilgan.
  3. Audiofayllar striming qilinadi.
  4. Chatlarda animatsiyalar yanada silliqlangan.
  5. Fondagi operatsiyalar yaxshilangan: bildirishnomali chatlar hamisha yangilanib turadi.
  6. O‘qilmagan xabarlar uchun yangi hisoblagich o‘rnatilgan: u o‘qilmagan xabarli chatlar sonini ham ko‘rsatadi. Buni sozlamalar orqali o‘zgartirish mumkin.
  7. Chatlar uchun navigatsiya yaxshilangan: yuqoriga yurilsa xabar sanasini ko‘rsatadi. Sana ustiga bosilsa, shu kundagi ilk xabarga olib boradi.
  8. Ko‘plab eski baglar tuzatilgan.

Yangilangan – 5.0.8. talqinidagi Telegram kliyentini App Store katalogidan mana bu havola orqali yuklab olishingiz mumkin.

O‘QING: Telegram’dagi barcha yozishmalaringiz va fayllaringizni ko‘chirib olish yo‘li bor!