Telegram’ning iOS-ilovasi yangilandi – endi muloqot yanada qulay!

  •   DiMaX
  •  539
  •  19.10.2018 12:10

Telegram’ning iOS-ilovasi yangilandi – endi muloqot yanada qulay!

iPhone va iPad’larda foydalanishga mo‘ljallangan Telegram kliyenti 5.0.12 (559) talqiniga qadar yangilandi. Unda «tishlangan olmali» gadjetlar foydalanuvchilari uchun bir qator yangi imkoniyatlar taqdim etilgan.

O‘QING: Telegram’da matnlarni turli formatlarda yozish usullari

Ushbu messenjerning yangilangan iOS-kliyentida quyidagi yaxshilash va yangi funksiyalar joriy etilgan:

  1. Endi ilovani maxfiy chatda havolani oldindan ko‘rish (prevyu) uchun so‘rov yubormaydigan qilib sozlash mumkin.
  2. Push-bildirishnomalar ishi yaxshilangan.
  3. Turli fayllar bilan ishlash – ularni ochish va jo‘natishdagi kamchiliklar tuzatilgan.
  4. Media va ovozli fayllar bilan ishlash yaxshilangan.
  5. Guruhdagi foydalanuvchilarni nikneymi bilan eslash uchun chiqariluvchi oynacha (plashka) yaxshilangan.
  6. Ayrim hollarda iPhone X’larda kontekstli menyu klaviaturaning ostiga kirib ketishi uchrar edi, shu to‘g‘rilangan.
  7. Qurilma bloklangan holatida bildirishnomalar bilan ishlash yaxshilangan.
  8. 3D touch yordamida chatni ko‘rish yaxshilangan.
  9. Boshqa mayda tuzatish va sozlash ishlari amalga oshirilgan.

Telegram’ni ayfon yoki aypadingizga mana bu havola orqali App Store do‘konidan yuklab olishingiz yoki yangilashingiz mumkin.

O‘QING: Telegram asoschisi Pavel Durov yana WhatsApp va Facebook’ni jiddiy aybladi