Telegram'ning ko‘pchilik bilmaydigan sirlari

Telegram'ning ko‘pchilik bilmaydigan sirlari

Hozirgi kunda Telegram O‘zbekistonda eng ommabop mesenjerlardan biridir. Biz Telegram’ning sizga ma’lum bo‘lmagan, ma’lum bo‘lsada siz foydalanmagan funksiyalari haqida ma’lumot beramiz.

1. Telegram’da so‘nggi marta kirilgan vaqtni yashirish uchun uchun "Settings> Privacy and Security> Last Seen> profilingizni kimlardan yashirishni tanlashingiz kerak bo‘ladi.

2. Hozirda Telegram havfsizligi juda kuchli. Ammo buzg‘unchi hakerlar uni buzib kirish yo‘lini o‘ylab topishlari mumkin. Buzg‘unchi hakerlardan himoyalanish uchun quyidagi ketma-ketlikda berilgan ko‘rsatmalarga amal qilishingiz kerak bo‘ladi.

"Settings> Privacy and Security> qo‘shimcha parol bilan kiriladigan 2 bosqichli autentifikatsiya  funksiyasini yoqing.

Keyin xavfsizlik parolini kiritasiz. Parolni unitib qo‘ymang! Aks holda o‘zingiz ham kirolmay qolasiz.

3. Mobil qurilmangiz xotirasi Telegram’dan keladigan foto va video ma’lumotlarga to‘lib qolmasligi uchun quyidagilarni bajarish kerak bo‘ladi.

Settings> Chat Settings> Cache Settings> bir haftadan ortiq ko‘rilmagan fayllar avtomatik ravishda dastur xotirasidan o‘chib ketishini ta’minlaydigan opsiyani tanlang. Agar biror fayl kerak bo‘lsa uni Telegram’ning bulut texnologiyasi orqali qayta saqlab olishingiz mumkin.

4. Maxfiy chat yaratish uchun Secret Chats - avtomatik ravishda o‘chib ketadigan xabarlar qismiga murojaat qilishingiz kerak bo‘ladi. Ular Telegram’da butunlay saqlanib qolmaydi. Qurilmani almashtirsangiz yoki dasturdan chiqib ketsangiz o‘zi avtomatik tarzda o‘chib ketadi.

5. Xabarni individual(har bir kishiga alohida-alohida) tarzda jo‘natish uchun Broadcasts funksiyasidan foydalanishingiz kerak bo‘ladi. Bunda siz ortiqcha ishdan xolos bo‘lasiz. Ya’ni ma’lum xabarni alohida-alohida odamlarga yuborishingiz kerak bo‘lmaydi.

O‘QING: Telegram’da spamdan «ozod» bo‘lish siri

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.