Telegram'ning O‘zbekistonda ma’lum vaqt ishlamay qolishi Rossiyadagi voqealar bilan bog‘liqmi?

Telegram'ning O‘zbekistonda ma’lum vaqt ishlamay qolishi Rossiyadagi voqealar bilan bog‘liqmi?

Bugun ertalabdan Rossiyada sud qaroriga muvofiq Telegram messenjerini bloklash ishlari boshlandi. Ayni paytda Rossiyada istiqomat qiluvchi o‘quvchilarimiz ham VPN, ya’ni aylanma yo‘llarsiz Telegram'dan foydalana olmay qolganliklari haqida xabar bermoqdalar.

Telegram ma’muriyati tomonidan Rossiyadagi foydalanuvchilarga yuborilgan bildirishnomada shunday deyiladi:

O‘QING: Telegram messenjeri ko‘p davlatlarda ishlamay qoldi

«Rossiya hukumati Telegram'ni bloklashni boshladi. Xizmat VPN'siz barqaror ishlamasligi mumkin. Biz push-bildirishnomalar orqali Sizni voqealar rivojidan boxabar qilib turamiz.»

Rossiyadagi Telegram foydalanuvchilari shunday mazmundagi rasmiy bildirishnoma olmoqdalar

 

Rossiyada bo‘layotgan ushbu o‘zgarishlar bilan bir vaqtda o‘zbekistonliklar ham ijtimoiy tarmoqlar orqali Telegram'dan foydalana olmayotganliklari yoki ilovani ochish texnik xatolik bilan yuzlashayotganliklari haqida ma’lum qila boshladilar. Biroq O‘zbekistonda Telegram bilan yuz berayotgan bu muammolar bir necha o‘n daqiqa davom etdi, xolos. Hozirda ilova barqaror ishlamoqda. Xo‘sh, bizda ushbu messenjer bilan yuz bergan bugungi muammo tarmoqning Rossiyada bloklanishi bilan qanchalik bog‘liq? Keling, mutaxassis so‘zlariga quloq tutamiz:

O‘QING: Endi amerikaliklar ham Telegram'dan norozi bo‘lmoqda

«Bizdagi bugungi muammo Rossiyada boshlangan bloklash ta’sirida yuzaga kelgan bo‘lishi mumkin. Sababi bu telefondagi internet qayerdan kelayotganligiga bog‘liq. Masalan, ayrimlar telefoniga proksi yoki VPN o‘rnatishadi, yoki Wi-Fi orqali kirgan bo‘lsa, Wi-Fi'da VPN yoki proksi yoqilgan bo‘ladi. Agar VPN yoki proksi serveri Rossiya hududida bo‘lsa, ilova ishlamasligi mumkin. Chunki Rossiya hududidagi internet provayderlar hozir Telegram orqali o‘tuvchi trafiklarni bloklamoqdalar. Qisqacha aytganda, telefondan o‘tuvchi umumiy internet traffiki, VPN yoki proksi server qaysi davlat hududida joylashgan qarab, o‘sha davlatdagi bloklangan resurslarni ochmaydi.»

O‘QING: Nima sababdan maxsus xizmatlar Telegram'ni yomon ko‘radilar?

Bundan ko‘rinmoqdaki, bizga asosan Rossiyadan keluvchi internet traffiki ma’lum vaqt blok ta’sirida bo‘lgan bo‘lishi mumkin. Albatta, bir davlat hududida sud tomonidan qabul qilingan qarur boshqa davlatga ta’sir qilmaydi. Shu sababli ham bir necha o‘n daqiqa davomida blok ostida bo‘lgan Rossiyadan boshqa davlatlarga uzatiluvchi internet traffikidagi ushbu muammo bartaraf etilgan bo‘lsa ajab emas.

 

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!