Telegram’ning yangilangan iOS-ilovasida qanday afzalliklar bor?

  •   DiMaX
  •  865
  •  10.11.2018 15:35

Telegram’ning yangilangan iOS-ilovasida qanday afzalliklar bor?

Ommabop va qulay Telegram messenjerining Apple mobil qurilmalariga mo‘ljallab chiqarilgan kliyenti yangilandi. Uning ayni damdagi – 5.0.16 (606) talqinida bir qator yangi imkoniyatlar taqdim etilgan.

O‘QING: Telegram'ning ko‘pchilik bilmaydigan sirlari

iOS uchun yangilangan Telegram’da quyidagi o‘zgarishlar amalga oshirilgan:

  1. «Oqimli» audio va video joriy etilgan. Ya’ni, ilovada to‘liq yuklanib bo‘lishini kutmasdan, istalgan qo‘shiqni tinglay boshlash, yoki videoni tomosha qila boshlash mumkin.
  2. Endi oddiy guruhlarda va «Saqlangan xabarlar» – «Soxranyonnie soobщyeniya» (ayrim versiyalarda «Tanlanganlar» – «Izbrannoye» shaklida bo‘ladi) qismida biror xabarni biriktirib qo‘yish imkoni bor.
  3. Faol maxfiy chatlarni endi qidiruv funksiyasi orqali topish mumkin. avval ular izlash natijalarida chiqmas edi.
  4. PDF-fayllarni ko‘rish bilan bog‘liq muammolar bartaraf etilgan.
  5. PiP rejimida ayrim videolar ijrosida uchrovchi muammolar hal etilgan.
  6. Videoni to‘liq ekranda tomosha qilayotganda endi to‘xtatib qo‘yish funksiyasi joriy etilgan.
  7. Xabarlarni tahrirlashda uchraydigan ayrim kamchiliklar tuzatilgan.
  8. Superguruhlarda foydalanuvchilarni cheklash pereklyuchatellarining ko‘rinishi tuzatilgan.

iPhone hamda iPad sohiblari yangi talqindagi Telegram’ni mana bu havola yordamida App Store do‘konidan yuklab (yoki yangilab) olishlari mumkin.

O‘QING: Telegram’da spamdan «ozod» bo‘lish siri

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!