Uchta maktab o'quvchilari va Telegram'dagi eng yirik firibgarlik hikoyasi

Uchta maktab o'quvchilari va Telegram'dagi eng yirik firibgarlik hikoyasi

"Telegram Premium olib beramiz - uch oylik obuna atigi 50 ming so'mga". Siz bu e'lonni qaysidir kanalda ko'rgansiz yoki bu haqida eshitgansiz. Ehtimol, arzonligi sabab bu xizmatdan foydalangansdiriz. Nima bo'lganda ham, buni bilishingiz bilan sizda "qanday qilib?" degan savol paydo bo'lgani aniq. Ko'pchilik, buni VPN bilan joylashuv manzilini Turkiyaga o'zgartirish bilan qilish mumkin deydi. Yo'q, siz o'ylaganchalik oddiy emas. Aslida bu xizmat uning egalari uchun deyarli tekinga tushgan yoxud ular "havodan pul qilishgan". Ushbu maqolada uch maktab o'quvchisi va Telegram'dagi eng yirik firibgarlik hikoya qilinadi.

Iyun oyi oxirlarida o'zining Premium obunasini ishga tushirganidan bir necha oy o'tib, Telegram uni boshqalarga sovg'a qilish imkoniyatini ham yaratdi. Ushbu funksiya qo'shilganidan so'ng, moskvalik uch maktab o'quvchisi: Martov, Munfizi va Filya bu orqali pul ishlash yo'llarini qidirishni boshlashdi. Avvaliga darhol boshqa mamlakatlardagi Premium obuna narxlari tekshirildi. Rossiyada narxlar osmonda – 1400 rubl (23 dollar). AQSHda esa arzonroq – 15 dollar. Turkiyadagi holat ko'rilganida narxlar boshqa mamlakatlarga nisbatan sezilarli darajada arzon ekanligi ma'lum bo'ldi. Uch mushketyor o'zlarining barcha akkauntlariga shu tariqa Premium olishdi va uni boshqalarga sovg'a qilmoqchi bo'lishdi. Martov o'zining "jailbreak" qilingan va Cydia'dan LocalIAPStore o'rnatilgan ayfoni bilan Premium obunani boshqasiga sovg'a qilayotib, to'lovga kelganda bexosdan "Bekor qilish" tugmasini bosib yuboradi. Pul to'lanmaydi, lekin Premium allaqachon sovg'a qilib bo'lingandi. Bum! Barchasi shu yerda boshlandi. Bolalar Telegram bagini topib olishdi va buning uchun faqat ularga "jailbreak" bo'lgan iPhone va Apple Gift kartalari kerak bo'ldi. Martovning aytishicha, ular bundan pul qilishlari mumkinligini bilgan va shunday qilib Telegram Premium obunasi uchun katta chegirmalar mavsumi boshlangan.

Avvaliga do'stlar birgalikda ishlashga qaror qilishdi. Ularning har biri "jailbreak" qilsa bo'ladigan iPhone bilan birgalikda 15, 25 va 45 dollarli Apple Gift kartalarini sotib olishdi. Bu esa ularga 3, 6 va 12 oylik Telegram Premium obunalarini hadya qilish uchun yetarli edi. Kichik sarmoya qilinganidan so'ng, Premium'ni 50% chegirma bilan sotish boshlandi. Munfizining Telegram'ga yaqin bo'lgan manba Kod Durova nashriga aytishicha, obuna narxi uning amal qilish muddatiga qarab 450 (≈7 dollar) , 900 (≈15 dollar) va 1400 (≈23 dollar) rubl bo'lgan. Hatto ularning mijoz qidirishlariga ham hojat qolmadi. Arzon Premium obuna haqidagi gap-so'zlar esa og'izdan-og'izga ko'cha boshladi. Odamlar nafaqat o'zlari, balki yaqinlari, do'stlari uchun ham Premium olib berishni boshlashgan va natijada sotuvlar soni keskin oshgan, buyurtmalar soni ko'paygan.

Keyinchalik, uch do'st xuddi kinolardagidek pul kelishmovchiliklari sabab tortishib qolishadi va ajralishga qaror qilishadi. Munfizi va Filya birgalikda, Martov esa yolg'iz ishlashda davom ettiradi. Buyurtmalar ko'pligi sabab ikkala tomon ham bir-birlariga jamoa yig'ishni boshlashadi. Ular kanal administratorlari va hamkorlari bilan ulushlarini kelishib olishadi. Shunday qilib Telegram Premium firibgarlik sxemasi ishtirokchilari ko'paya boshlaydi.

"Bitta odam kuniga 200 ming rublgacha pul ishlashi mumkin edi. Qiyin bo'lsada, ammo iloji bor edi. Bir vaqtning o'zida 3 mingga yaqin mijozga xizmat ko'rsatishimiz kerak bo'lgan. Butun tarmog'imizning o'zi kuniga 5-6 ming dollar daromad keltira olardi.", - deydi Munfizi.

Ko'p o'tmay, yangi ishchilar topgan pullarining bir qismini "boshliqlar" bilan baham ko'rmasdan, yolg'iz ishlashlari mumkin ekanligini, agar ular jamoadan chiqib o'zlarining bozorlarini yaratmoqchi bo'lishsa, hech narsa ularni to'xtata olmasliklarini anglashadi.

"Premium'ni sotish xizmati bo'yicha hamkorlik qiladiganlar soni tez o'sishni boshladi. Biz ikki kishi bilan boshlagan edik, hozir ularning soni 25 dan oshgan va ularning barchasi bizning ko'rsatmalarimiz bo'yicha ishlaydi. Ba'zilar bu ko'rsatmalarni sotib olsa, boshqalar do'stligimiz hurmati tekinga foydalanar edi", - Munfizi.

Telegram Premium olib beruvchilar sonining ko'payishi tartibsizlikka olib keldi. Hamma ko'proq pul ishlash uchun mijozlarga boshqalardan arzonroq narx taklif qilishni boshlaydi va shu sabab "qora bozor"da Premium obuna narxi 10 karra tushib ketadi. Bunda bir yillik "piratskiy" obuna narxi uch oylik rasmiy narxdan ham tushib ketadi. Bu esa jamoada janjal kelib chiqishiga sabab bo'ladi. Natijada Telegram Premium firibgarlik sxemasi asoschilaridan biri uni 5000 dollarga sotib yuboradi.

Bu vaqtda, Martov "sirli masalliq sirini" hech kimga sotmagan edi, ammo uning Kod Durova'ga aytishicha, u ham o'tgan hafta sxemani ikki xitoylik xaridorlarga 500 va 700 dollardan pullab yuborgan.

"Menimcha bunda Telegram'ning yo'qotishlari 3 million dollardan 5 million dollargacha bo'lishi mumkin. Faqat bizning ikki jamoamizgina 150 mingdan ortiq akkauntga Premium obunani faollashtirib bergan", - deydi Munfizi.

Shunindek, Kod Durova'ning qo'shimcha qilishicha, uchchovlandan biri anonimlik sharti bilan Telegram xatoligi orqali qilgan daromadini oshkor qilgan: u taxminan 80 ming dollar ishlab topishga muvaffaq bo'lgan. Ulardan nima uchun bu xatolik haqida xabar bermaganliklari va mukofot puli olmaganliklari haqida so'ralganida ulardan biri shunday javob bergan:

"Xatolarni topish uchun pul to'lashlari haqida bilmasdim. Aniqrog'i, ular uchun ma'lum bir bot ajratilgani haqida xabarim yo'q edi. Nega darhol emas deysizmi? Xo'sh... shunchaki daromad qilish, chunki qo'llab-quvvatlashdan javob bo'lmaganidan, ular meni boshqa mutaxassislarga ham yo'naltirmaganidan so'ng, Telegram'dan to'lov bo'lishiga shubha qila boshladim."

"Piratskiy" Premium obuna narxining keskin pasayishi, raqobatning shiddat bilan oshishi va Telegram zaifligi haqida bilib qolganlar o'rtasidagi tortishuvlardan keyin Munfizi sxemani ommaga e'lon qilishga qaror qiladi, shuningdek, 29-oktabr kuni xatoni qanday tuzatish bo'yicha tushuntirish bilan O'zbekistondagi Telegram qo'llab-quvvatlash markazidan Davronbek Rustamovga murojaat qiladi.

30-oktabr kuni ertalab messenjerdagi zaiflik yopilgan va obunalarni sotuvchi butun "imperiya": akkaunt egalaridan tortib botlar va kanallargacha "SCAM" teglari yopishtirilgan. 31-oktabr kuni kechqurun Telegram shu tarzda sotib olingan obunalarni ommaviy ravishda bekor qila boshlagan.

Telegram Premium obunasi profil statuslari, uchlik reaksiyalar, premium stikerlar kabi kosmetik o'zgarishlar bilan birga ikkalangan cheklovlar, rivojlangan chat menejmenti va reklamalarni olib tashlash kabi imkoniyatlarni taqdim qiladi va O'zbekistonda uning narxi oyiga atigi 32999 so'mni tashkil qiladi. To'lov uchun sizdan Visa karta talab qilinadi, xoh u onlayn bo'lsin, xoh jismoniy. Sotib olish uchun Sozlamalar > Telegram Premium bo'limiga yoki rasmiy @PremiumBot'ga o'tish kerak.

O'QING: Ilon Mask yil oxirigacha Twitter'ning TikTok raqobatchisini "qayta tiriltiradi"

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.