Telegram Premium foydalanuvchilarni o'ziga jalb qila olmayapti

Telegram Premium foydalanuvchilarni o'ziga jalb qila olmayapti

Telegram tez orada o'zining Premium obunasini ishga tushirishi, uning qanday xususiyatlarga ega bo'lishi va narxi ma'lum allaqachon bo'ldi. Terabayt.Uz esa messenjerning pullik obunasi haqida o'z o'quvchilari fikri bilan tanishdi.

Biz bir hafta oldin "Telegram Premium obunasi uchun oyiga $4.99 (55 ming so'm atrofida) to'lashga tayyormisiz?" nomli so'rovnomani o'z Telegram kanalimizga joyladik va unda 3,100 dan ortiq foydalanuvchilar qatnashishdi.

Ma'lum bo'lishicha, so'rovnoma qatnashchilarning 70 foizi o'zlariga Telegram Premium obunasi kerak emasligini bildirishgan. Boshqacha qilib aytganda, messenjerning pullik obunasi ko'pchilikda qiziqish uyg'ota olmagan.

Biroq, qolgan qatnashchilarning 400 ga yaqini Premium obuna narxi ular uchun ma'qul ekanligini bildirishgan bo'lsa, 550 dan ortiq ishtirokchilar esa oylik to'lov narxi arzonroq bo'lsa to'lashlari mumkinligini aytishgan.

So'nggi yangiliklarga ko'ra, Telegram pullik obunasi narxi 4.99 dollardan 3.99 dollarga tushirilgan. Ta'kidlash joizki, Premium obuna hali qaysi davlatlar uchun taqdim qilinishi noma'lum, narxlar esa shunga qarab o'zgarishi mumkin.

O'QING: Navbatdagi Telegram yangilanishi va Premium obuna xususiyatlari haqida

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!