Telegram Premium haqida yanada ko'proq ma'lumotlar

Telegram Premium haqida yanada ko'proq ma'lumotlar

Internetda Telegram messenjerining pulli obunasi haqida yanada ko'proq ma'lumotlar paydo bo'ldi. Unga ko'ra, Telegram Premium obunachilari ismlari yonida maxsus nishonga ega bo'ladilar. Shuningdek, ular uchun messenjerning quyidagi cheklovlari ikki baravar oshirilgan:

  • Papkalar soni: 10 tadan 20 tagacha
  • Papkalar ichidagi chatlar soni: 100 tadan 200 tagacha
  • Papkalar ichida qadalgan chatlar soni: 100 tadan 200 tagacha
  • Kanallar va superguruhlardagi cheklovlar: 500 tadan 1000 tagacha
  • Kanallar va guruhlar uchun ommaviy usernamelar soni 10 tadan 20 tagacha
  • Asosiy lentada qadalgan chatlar soni: 5 tadan 10 tagacha
  • Sevimli stikerlar soni: 5 tadan 10 tagacha
Qadalgan chatlar sonini Premium obuna bilan 5 tadan 10 tagacha ko'paytirish taklifi.
Muallif: Kod Durova 

Kelajakda ro'yxat yana davom ettirilishi va unga qo'shimchalar qo'shilishi aytilmoqda. Shu bilan birga avval aytib o'tilgan to'liq ekranli, eksklyuziv stikerlar va ko'proq reaksiyalar ham Premium obuna ichida bo'ladi.

Bundan oldin Telegram'ga yangiliklar lentasiavatar yaratuvchi va kanal boshqaruvchilari uchun foydali funksiya qo'shilayotgani ma'lum bo'lgan edi.

O'QING: Foydalanuvchilar pulli Telegram'da nimalar bo'lishini xohlashadi?

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!