Telegram Premium narxi tushirildi

Telegram Premium narxi tushirildi

Telegram'ning Android uchun yangi beta versiyasida tez orada chiqarilishi kutilayotgan Premium obunaning oylik narxi 3.99 dollarga tushirilgani aniqlandi. Bu avvalgi e'lon qilingan narxdan bir dollar arzon bo'lib, o'zbek puliga 44,000 so'm atrofida bo'ladi.

Ma'lum bo'lishicha, Telegram Premium chiqarilishi va narxi mamlakatlarga qarab farq qilishi mumkin ekan.

Bundan oldin messenjer rahbari Pavel Durov rasman Telegram Premium obunasini taqdim qilib, hozirgi barcha funksiyalar bepulligicha qolishini va kelajakda yana ko'plab ana shunday xususiyatlar qo'shilishi aytgan edi.

O'QING: "Mana shuning uchun biz bu oyda Telegram Premium obunasini taqdim etamiz"

 

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!