Telegram Premium narxi yarmidan ko'proqqa arzonladi

Telegram Premium narxi yarmidan ko'proqqa arzonladi

Joriy yilning iyun oyi oxirlarida Telegram messenjeri o'zining Premium obunasini ishga tushirgan edi. U ilova foydalanuvchilariga ikkilangan cheklovlar, cheksiz reaksiyalar, profil statuslari kabi bir qancha eksklyuziv xususiyatlardan foydalanish imkonini beradi va uning narxi oyiga o'rtacha 4.99 dollar qilib belgilangan (narx mamlakatlarga qarab arzon yoki qimmat bo'lishi mumkin).  

Telegram Hindistonda o'zining Premium obunasi narxi uchun 60 foizlik chegirma e'lon qilgani ma'lum bo'ldi. Endilikda pulli obuna hindistonlik Telegram foydalanuvchilari uchun 179 rupiya (2.19 dollar) bo'lib, bu avvalgi narxdan (469 rupiya, yoxud 5.74 dollar) teng yarmiga arzonlashganini bildiradi. Aytish mumkinki, Telegram uchun Hindiston eng katta bozorlarning biridir: data.ai bergan ma'lumotlarga ko'ra, mamlakatda messenjerdan oylik aktiv foydalanuvchilar 120 milliondan ortiq. 

Ta'kidlash joizki, Telegram Premium obunasi ishga tushirilganidan beri O'zbekistonda ham 25% ga arzonlashgan, yoxud pullik obuna iyun-iyul oylarida 3.99 dollar (43,999 so'm atrofida) bo'lgan bo'lsa, hozirda uning narxi 32,999 so'm yoki 2.99 dollarni tashkil qiladi.

O'QING: Telegram'da hech kimga tegishli bo‘lmagan, taqiqlab yoki buzib bo‘lmaydigan Internet yaratilmoqda

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.