Telegram Premium obunasi narxi ma'lum bo'ldi!

Telegram Premium obunasi narxi ma'lum bo'ldi!

Telegram'ning Android uchun yangi beta versiyasida anchadan beri mish-mish bo'lib kelayotgan Telegram Premium obunasining narxi oyiga $4.99 bo'lishi aniqlandi. Quyidagi videodan Telegram Android (beta) ilovasidagi pullik obuna, uning xususiyatlari va narxini ko'rishingiz mumkin.

Avval aytilganidek, Telegram Premium obunasi messenjerdagi hozirgi limitlarni ikki karra uzaytiradi va 4 gigabaytgacha hajmdagi fayllarni ulashish va ularni tezkor yuklab olish, ovozli xabarlarni matnga o'girish, reklamalarni o'chirish, noyob reaksiyalar, premium stikerlar, rivojlangan chat menejmenti, profil uchun nishon, animatsion profil va premium Telegram ilovasi ikonkalarini o'z ichiga oladi.

O'QING: Telegram Premium'ning barcha xususiyatlari ma'lum bo'ldi!