Telegram Premium reaksiyalari

Telegram Premium reaksiyalari

Yaqinda Telegram ilovasining so'nggi beta versiyasida messenjer uchun Premium obuna sinalayotgani ma'lum bo'lgan edi. Ushbu "pullik obuna" Telegram'ning hozirgi barcha funksiyalaridan tashqari qo'shimcha yangi xususiyatlarni o'z ichiga oladi va ulardan biri xabarlarga beriladigan reaksiyalarning ko'payishidir. Ma'lum bo'lishicha, Telegram Premium obunasi 🐳 🕊 🤡 🥱 👌 😍 🥴 reaksiyalarini o'z ichiga oladi. 

Hozirda pullik Telegram obunasi narxi qancha bo'lishi noma'lum, lekin u navbatdagi yangilanishda taqdim qilinishi mumkin. 

Ta'kidlash joizki, Telegram o'z pullik xususiyati ustida ishlar ekan, uning "bepul" maqomi yo'qoladi. Messenjerning o'zi endilikda mobil ilovasiga kirishdagi Telegram uchun berilgan tavsiflar qatorida "Free" so'ziga berilgan ta'rifni "Telegram chatlar va media uchun bepul cheksiz bulutli xotirani taqdim etadi."ga o'zgartirmoqda. Bundan avval u yerda "Telegram har doim bepul. Reklamalarsiz. Obuna to'lovlarisiz." deb yozilgan edi.

Shuningdek, navbatdagi Telegram yangilanishida yangiliklar lentasiavatar yaratuvchi va kanal boshqaruvchilari uchun foydali funksiya qo'shilishi kutilmoqda.

O'QING: Telegram Premium yaqin orada taqdim etilishi kutilmoqda

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!