Telegram Premium yaqin orada taqdim etilishi kutilmoqda

Telegram Premium yaqin orada taqdim etilishi kutilmoqda

Telegram messenjeri global miqyosda ishga tushirilganidan beri o‘zini “abadiy bepul“ messenger sifatida ko‘rsatdi. Ammo endi “Telegram abadiy bepul, reklamasiz, abonent to‘lovi yo‘q“ degan shior o‘zgarmoqda.  

Dasturchi Alessandro Paluzsining aytishicha, messenjerning mijoz ilovalari uchun tarjimalar bo‘limidagi slayd matni o‘zgargan. Endi u shunday ko‘rinadi: “Telegram chatlar va media fayllar uchun bulutli xotirani bepul taqdim etadi.“ Hozircha ishlab chiquvchilar tomonidan rasmiy bayonot berilmagan bo‘lsada, buni Telegram Premium'ni ishga tushirishga tayyorgarlik deb taxmin qilish mumkin. 

O‘tgan yilning kuzida messenjerda katta kanallar va guruhlarda reklamalar ko‘rsatiladigan bo‘ldi. Premium funksiyalar haqida ham avval xabar berilgan edi. Xususan, pullik akkaunt egalari o‘z ismlari yonidagi maxsus nishonga ega bo‘ladilar, bundan tashqari, ular to‘liq ekranli emoji va boshqa ba’zi funksiyalar foydalanishlari mumkin bo‘ladi.

O‘QING: Telegram uchun "tekin" so‘zi endi boshqa ma’noni anglatadi