Telegram pulli postlari ortiq iOS qurilmalarida ko'rsatilmaydi

Telegram pulli postlari ortiq iOS qurilmalarida ko'rsatilmaydi

Bir necha kun oldin Telegram'da pulli postlar paydo bo'la boshladi. Messenjer rahbari Pavel Durov ham ba'zi kontent yaratuvchilari uchinchi tomon to'lov botlari orqali o'zlarining pulli postlarini sotishni boshlaganliklarini rasman tasdiqladi. Uning qo'shimcha qilishicha, bu yo'l bilan ijodkorlar o'zlarining obunachilari to'lagan pulning 100 foizini qabul qilishadi.

Biroq, Durov Apple'dan kontent yaratuvchilari kupertinolik kompaniyaga 30% soliq to‘lamasdan o'z mehnatlarini monetizatsiya qilayotganliklaridan mamnun emasligi haqida xabar olganligini va Apple o'z ekotizimini to'liq nazoratga olganligi sababli, Telegram iOS qurilmalarida pulli postlarni o'chirib qo'yishdan boshqa iloji yo'q ekanligini ma'lum qildi.

"Bu trillion dollarlik monopoliya o'z kontentini monetizatsiya qilishga urinayotgan millionlab foydalanuvchilar hisobidan bozordagi hukmronligini qanday suiiste'mol qilayotganiga yana bir misol bo'la oladi. Umid qilamanki, Yevropa Ittifoqi, Hindiston va boshqa mamlakatlardagi regulatorlar Apple yanada ko'plab orzularni yo'q qilishidan va ko'plab tadbirkorlarni davlat tomonidan olinadigan QQSdan ham yuqori bo'lgan soliq bilan ezishidan oldin chora ko'rishni boshlaydilar." deydi Durov.

So'zi oxirida, Telegram rahbari messenjerda ijodkorlarga Apple’ning cheklovchi ekotizimidan tashqarida o'z kontentlarini monetizatsiya qilish uchun kuchli va foydalanishga oson bo'lgan vositalarni taklif qilish ustida ishlashni davom ettirishlarini aytdi.

O'QING: Durov tez orada hamma Telegram foydalanuvchilari o'z yuzerneymlarini sotishlari mumkin bo'lishi haqida xabar berdi 

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!