Telegram pullik akkauntlari

Telegram pullik akkauntlari

Telegram 2020-yilda 500 milliondan ortiq foydalanuvchilarga ega bo'lganidan keyin Pavel Durov xizmatning ishlab turishi uchun yiliga bir necha million kerak bo'lishini aytgan edi. O'shanda messenjer rahbari 2021-yildan Telegram kanallarga reklama qo'yish imkonini beradigan platformani ishga tushirilishini ma'lum qilgan edi. Shuningdek, Durov, yoki Telegram qo‘shimcha ekspressiv funksiyalarga ega premium stikerlar qo'shish mumkinligini xabar qilgan edi.

Endilikda, ma'lum bo'lishicha, Telegram'ning navbatdagi yangilanishida premium akkauntlar paydo bo'lishi va yuqorida aytilgan boshqacha funksiyali stikerlar bunday akkauntlar uchun Telegram’da pullik asosda tarqatiladigan birinchi kontent bo‘lishi mumkin, lekin bu hozircha noma'lum. Yoki, premium ya'ni pul to'lanadigan akkauntlar bugungi kunda messenjer tomonidan deyarli barcha Telegram kanallarda chiqayotgan reklamalarni o'chirish imkonini berishi ham mumkin. 

Hozircha premium akkauntlar qanaqa eksklyuziv funksiyalarga ega bo'lishi va narxlari haqida ma'lumotlar mavjud emas. 

Bundan avval Telegram'ning navbatdagi yangilanishida avatar yaratish xususiyati va kanal boshqaruvchilariga o'z postlariga kimlar izoh qoldirishini tanlash imkonini beruvchi funksiyalar qo'shilayotgan ma'lum bo'lgan edi.

O'QING: Animatsiyali emoji yoki stikerlar bilan avatarlar yaratish

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.