Telegram rahbariga shaxsiy assistent kerak: BAA yoki Shveysariyaga ko‘chib o‘tishga tayyormisiz?

  •   DiMaX
  •  684
  •  10.05.2021 15:29

Telegram rahbariga shaxsiy assistent kerak: BAA yoki Shveysariyaga ko‘chib o‘tishga tayyormisiz?

Yaqindagina biz Telegram kompaniyasida yangi vakansiyalar ochilgani haqida xabar bergan edik. Endi esa uning bosh direktori Pavel Durovga shaxsiy assistent uchun bo‘sh ish o‘rni mavjudligi to‘g‘risida e’lon chiqdi, deb yozadi Daryo nashri.

O‘QING: 35 yashar, ko‘rinishidan modellarga o‘xshaydigan Telegram asoschisi — Pavel Durov haqida 10 fakt

Potensial nomzoddan yuqori IQ darajasi, ingliz tilida erkin so‘zlasha olish (tashuvchi darajasida), og‘zaki va yozma kommunikatsiyadan yaxshi foydalana bilish, moliya borasida bazaviy ko‘nikmalar talab etiladi.

Bundan tashqari, ariza beruvchi ehtiyotkor va qat’iyatli, shuningdek, detallarga aniq va e’tiborli bo‘lishi kerak. Assistentning majburiyati Durovning kun tartibini yuritish, uning safarlarini tashkillashtirish.

Ariza berish uchun Telegram’dagi @jobs_bot bilan dialogni boshlash lozim.

Bot bilan yozishmalar davomida ism, tug‘ilgan vaqti, qayerda yashashi, ma’lumoti ko‘rsatiladi, shuningdek, boshqa mamlakatga, masalan, BAA yoki Shveysariyaga ko‘chib o‘tishga tayyor bo‘lishi kerak.

Telegram’ning shtab-kvartirasi Birlashgan Arab Amirliklarida joylashgan.

O‘QING: Xorijga chiqishga «taqiq» bor-yo‘qligini Telegram-bot orqali tekshirish mumkin

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!