Telegram sotilishi haqidagi mish-mishlarni Durov qat’iyan rad etdi

  •   DiMaX
  •  434
  •  06.08.2020 16:23

Telegram sotilishi haqidagi mish-mishlarni Durov qat’iyan rad etdi

Kecha turli nashrlarda Telegram sotilayotgani, uning uni Alisher Usmonov xarid qilishi mumkinligi haqida xabarlar chiqqan edi. Messenjer asoschisi Pavel Durov bu mish-mishlarni rad qildi, deb yozadi Kun.uz sayti.

O‘QING: Telegram asoschisi «ko‘pga tushdi»: AQSh hukumatiga $18,5 million, investorlarga esa naq $1,244 mlrd. to‘lashi kerak!

«Biz foydalanuvchilarimizga xiyonat qilish bilan shug‘ullanmaymiz. Biz Telegram’ni sotmaymiz — na qisman, na to‘liq. Bu har doim bizning pozitsiyamiz bo‘lib qoladi», — dedi Pavel Durov.

Durovning so‘zlariga ko‘ra, unga Telegram’ni bloklashni istagan mamlakatlar bilan bog‘liq ikkita fond taklif bilan chiqqan. Takliflarda messenjer tez orada ishlashdan to‘xtashi, shuning uchun kompaniyaning ularda joylashgan qismini sotish yagona yo‘l ekanligi aytilgan.

«Biz ayrim mamlakatlardagi operatsion quvvatlarimizni sotish to‘g‘risidagi takliflarni hamisha rad etganimizdan faxrlanaman», — deb ta’kidladi messenjer asoschisi.

Darvoqe, Telegram Uzbekistan kanali ham messenjerning sotilishi haqidagi xabarlar feyk ekanligini yozgan.

O‘QING: Apple’ning yettita yolg‘onini Pavel Durov fosh etdi va har bir fikrini batafsil asoslab berdi

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.