Telegram sotilyapti – uni Alisher Usmonov xarid qilishi mumkin

  •   DiMaX
  •  9036
  •  05.08.2020 17:49

Telegram sotilyapti – uni Alisher Usmonov xarid qilishi mumkin

Rossiyalik treyder va tahlilchi Kirill Promzin hali 2012 yildayoq bitkoin narxi 20 000 dollargacha chiqishini bashorat qilgan edi va bu to‘g‘ri chiqdi. U endi Telegram messenjerining taqdiri bilan bog‘liq insayderlik ma’lumotini ulashdi.

O‘QING: 35 yashar, ko‘rinishidan modellarga o‘xshaydigan Telegram asoschisi — Pavel Durov haqida 10 fakt

Manbaning ta’kidlashicha, Telegram kompaniyasi sotilishga tayyorgarlik ko‘rmoqda va katta ehtimol bilan, u qisman sotilsa kerak. Potensial xaridorlardan biri sifatida esa Mail.ru ko‘rsatilmoqda. Aytish kerakki, Alisher Usmonov asos solgan USM Holdings xoldingi Mail.ru Group kompaniyasining aksiyalariga ham egalik qiladi. Boshqa tahlilchilar esa Telegram’ni boshqa bir rossiyalik milliarder sotib olishini aytishmoqda.

Kirill Promzinning ma’lum qilishicha, Pavel Durov bir nechta sabablarga ko‘ra Telegram’ni sotishga majbur bo‘lyapti. Shulardan biri – TON blokcheyn platformasining taqiqlanganligi tufayli, investorlarga u 1,244 milliard dollarlik sarmoyalarini qaytarib berishi kerak.

Durov yaqinda maxfiy ravishda Sankt-Peterburg shahriga tashrif buyurgan; insayderlar buning aynan shu savdo bitimi bilan bog‘liq ekanligini ishonch bilan ta’kidlashmoqda.

O‘QING: Apple’ning yettita yolg‘onini Pavel Durov fosh etdi va har bir fikrini batafsil asoslab berdi