Telegram tomonidan «Tasdiqlangan» kanal – «Koronavirus Info» o‘z nomi va yo‘nalishini butkul o‘zgartirdi

  •   DiMaX
  •  1626
  •  25.06.2021 08:51

Telegram tomonidan «Tasdiqlangan» kanal – «Koronavirus Info» o‘z nomi va yo‘nalishini butkul o‘zgartirdi

O‘zbekistonda koronavirus haqida ma’lumot beruvchi «Koronavirus Info» Telegram-kanali ochilgan edi. Ushbu kanal 24 iyun kuni Times.uz deb nomlanib, o‘z yo‘nalishini butunlay o‘zgartirdi, deya xabar beradi Daryo nashri.

O‘QING: Telegram-kanalingizga «Tasdiqlangan» belgisini qanday olish mumkin?

Endilikda ushbu kanalda faqat koronavirus haqida emas, boshqa yangiliklar ham berib boriladi. @koronavirusinfouz uchun esa ayni paytda 420 nafardan ortiq obunachi bo‘lgan yangi kanal ochildi.

«Koronavirus Info» ikkinchi karantin avjiga chiqqan paytda O‘zbekistondagi eng ommabop Telegram-kanal edi – obunachilar soni 1,4 million kishiga yetgandi. Maxsus komissiya axborotlari ham aynan shu kanalda e’lon qilinar edi. Kanal Telegram messenjeri ma’muriyati tomonidan tasdiqlangan ham edi. Karantin yumshagach, odamlar kanalni tark eta boshladi va iyun oyiga kelib 400 mingdan sal ko‘proq obunachi qoldi.

Kanal egalari esa pandemiyaga oid bo‘lmagan xabarlarni ham berishda davom etdi. Bunday xabarlar 8 iyundan #Timesuz xeshtegi bilan berila boshladi. E’tiborli jihati, kanalda 15 martdan 22 aprelgacha bo‘lgan barcha postlar o‘chirilgan. Maxsus komissiya qarorlari ham o‘chib ketgan.

Ma’lumot uchun, «Koronavirus Info» Telegram-kanalini 2020 yilning bahorida o‘sha vaqtda Yoshlar Ittifoqi markaziy kengash raisining inqiroziy piar menejment bo‘yicha maslahatchisi, keyinchalik Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi matbuot kotibi bo‘lgan Hikmatilla Ubaydullayev ochgan.

O‘QING: IT yo‘nalishidagi beshta Telegram-kanal

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.